20.02.2024
Quruq krendel¹ aslida oʻziga juda oʻxshash boʻlgan pechenye yoki kroketga na shakli va na taʼmi bilan oʻxshaydi. Ularning barchasi kichik va qarsildoq boʻlib, uzoq vaqt davomida buzilmaydi. Ular hatto bir xil mashinalarda pishiriladi va ayni koʻrinishda qadoqlanadi. Maxsus novvoyxonalar retsept va pishirish usuliga biroz oʻzgarishlar kiritgan holda bu uch turdagi mahsulotlarning hammasini ishlab chiqaradi. Ular bir xil masalliq — un, xamirturush, shakar va suyuqlikdan tayyorlanadi. Odatda, bunday mahsulotlarda xamirturush oʻrniga pechenye sodasi ishlatiladi. U karbonat angidridni hosil qilib, xamir koʻpchimasa ham mahsulotlarning yengil boʻlishini taʼminlaydi.
Quruq krendel uzoq tarixga ega. U bizni Rim imperiyasi davridagi birinchi xristianlarga qaytaradi. Oʻsha paytda krendeldan faqat diniy ehtiyojlarda foydalanilgan. Roʻza paytida yogʻ, sut va tuxum isteʼmoli taqiqlangan va odamlar non oʻrniga quruq krendel yegan. Faqat bizning davrimizga kelib, ular yengil tamaddi sifatida ommabop boʻldi. Shimoliy Yevropa va Skandinaviya mamlakatlarida krendel novvoy ramziga aylandi. Odatda, katta oltin krendel tasvirini har bir novvoyxonada koʻrish mumkin. Dastlabki krendel oʻralgan shaklda boʻlib, ichki qismi yumshoq, tashqi tomoni yupqa qobiq bilan qoplangan.
Hozirgi vaqtda pishirilgan mahsulotlardagi deyarli barcha namlik bugʻlanib ketadi va qarsildoq, qattiq krendel hosil boʻladi. Bu aslida shoʻr, qattiq pechenyedir. Aytgancha, “biskvit” soʻzi qadimgi fransuzcha “ikki marta pishirilgan” soʻzidan kelib chiqqan. Oʻrta asrlarda fransuz sayohatchi, askar va dengizchilari oʻzlari bilan gʻalati qattiq non olib ketgan. U buzilmasligi uchun ikki marta pishirilgan. Bu qattiq non aslida biz pechenye yoki biskvit deb ataydigan narsadir. Bugungi kunda pechenye xarid qilganimizda, u namlikni shimmasligi va xuddi hozirgina oʻchoqdan chiqqandek qarsildoq boʻlishi uchun qadoqlangan holda sotilayotganini koʻramiz.
¹Krendel — o‘rama kulcha.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.