20.02.2024
Tariximizning birinchi yilnomalari paydo boʻlgan zahoti ayollar ham, erkaklar ham sochlarini tarab, bezagan! Masalan, hatto juda qadimda ham ayollar turli xil shakldagi taroqlardan foydalangan. Ibtidoiy odamlar taroqni suyak, yogʻoch va hatto bronzadan yasagan. Ular har doim sochlariga katta eʼtibor bergan. Ayrimlari sochlarini qora, oq yoki malla rangga boʻyagan. Kongoda (Gʻarbiy Afrika) mahalliy aholi sochni turmaklash uchun kanakunjut moyidan foydalangan, boshqa koʻplab qabilalarda esa sochga loy surtishgan.
Qadimda yunon ayollari soch turmagini yaratish uchun juda mohirlik bilan yasalgan va hatto haykalchalar shaklidagi uzun sochtoʻgʻnogʻichlardan foydalangan. Ayrim hollarda ular soch turmagini gul marjoni, gulchambar, shuningdek, tasmalar bilan bezatgan. Ayollarning soch turmagi joy va urf-odatlarga bogʻliq boʻlib, doimiy ravishda oʻzgarib turgan. Lekin hatto qadimda ham toʻlqinsimon sochlar tekis sochlarga nisbatan jozibali hisoblangan. Qosh va chakkalari ustida bir qator mayda gajaklar boʻlgan ayollar tasvirlangan surat va haykallar mavjud boʻlib, bu gajaklar qandaydir sunʼiy vositalar yordamida yotqizilgan. Erkaklar esa nafaqat sochini, balki soqollarini ham gajak qilgan!
Sivilizatsiya rivojlangan sari sochni turmaklash va tarab yotqizish usullari yanada xilma-xil boʻlib borgan. Baʼzi joylarda tekis sochlar, boshqalarida esa jingalak sochlar urf boʻlgan. Erkaklar sochini qisqa oldirib, ayollar esa uzun qilib oʻstirish odatiga uzoq vaqt boʻlgani yoʻq, bu oʻrta asrlarning oxiriga toʻgʻri keladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.