20.02.2024
Bu odat biz hozirgi vaqtda kuzatayotgan va amal qilayotgan boshqa koʻplab urf-odatlar singari bizgacha yetib kelishdan oldin rivojlanishning koʻplab bosqichlarini bosib oʻtgan. Qadimda boshqa bir kishi oldida tananing kichik bir qismini ochish hurmat va ishonch belgisi sifatida qabul qilingan. Odatda tananing yuqori qismi ochilgan.
Vaqt oʻtishi bilan hurmat va ishonch belgisi sifatida boshni ochish yetarli boʻlgan. Nihoyat, hurmatni bildirish uchun shlyapani biroz koʻtarish kifoya qilgan. Ritsarlar davrida jamoat joylarida ularning zirhda yurish odati boʻlgan. Ammo doʻstlari davrasida u dubulgʻasini yechib qoʻygan. Bu bilan u doʻstlari orasida oʻzini ishonchli his qilishi va himoya uchun dubulgʻaga muhtoj emasligini koʻrsatgan. Bu odat hurmat belgisi sifatida boshni ochish anʼanasi bilan birga xushmuomalalik belgisi sifatida shlyapani yechish odatini keltirib chiqardi. Erkak kishi ayolga hurmat koʻrsatishi kerakligi uchun ayollar bilan uchrashganda shlyapani koʻtarib qoʻyish odati hali-hanuz bor!
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.