Yelkanni birinchi bo‘lib kim yasagan?

Garchi bu qachon sodir boʻlganini hech kim aniq bilmasa ham, lekin bu ajoyib kashfiyotni odam uzoq vaqt oldin amalga oshirgan. Bu qayiqqa shamol esgan yoʻnalishda osonlik bilan oldinga suzish imkonini bergan. Buning uchun faqat teri, mato yoki shunga oʻxshash narsani xodaga mahkamlash kerak boʻlgan. Bunday yelkan bilan qayiq oldinga oson harakatlangan va eshkak eshishga hojat qolmagan. Albatta, haqiqiy yelkanli kema yana bir afzallikka ega: u shamolga qarshi ham suzishi mumkin. Buning uchun yoʻnalishni qanday oʻzgartirishni yoki ilonizi koʻrinishda harakatlanishni bilish kerak. Kemalardagi yelkanlarni boshqarish koʻnikmalari paydo boʻlgunga qadar ancha vaqt va koʻp bosqichlar bosib oʻtilgan.

Qadimgi misrliklarning kemalari eshkakli va ulkan yelkanli boʻlgan. Dastlab bu kemalar faqat Nil boʻylab suzgan, ammo keyinchalik ular dengizga ham chiqa boshlagan. Ammo yelkanlarni faqat orqadan esgan hamroh shamol esganda koʻtarishgan. Yunon va rimliklar galera deb ataladigan kemani ixtiro qilgan. Uni qullar eshkak eshib harakatga keltirgan, yelkan esa faqat shamol esganda koʻtarilgan.

Ular ixtiro qilgan yana bir kema “yumaloq” deb nomlangan va undan yuklarni tashishda foydalanilgan. Dastlab bu kemalarning katta yelkanli bitta machtasi boʻlgan. Ammo xristianlik davriga kelib bu kemalarda qoʻshimcha machta va tumshuqdagi yelkan paydo boʻlib, baʼzilarida kichik marsel ham boʻlgan. Bu kemalar hali ham shamolga qarshi suza olmagan, ammo baʼzilari yondan esayotgan shamoldan foydalana olgan. Vikinglar ham yelkanli kemalarni ixtiro qilgan va milodiy 800-yilga kelib katta kvadrat yelkanli kemalarga ega boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!