Grenlandiyani kim kashf qilgan?

Agar yer yuzida siz yashil deb atashni xayolingizga ham keltirmaydigan joy boʻlsa, bu — Grenlandiya! Grenlandiyaning katta qismi baʼzi joylari qalinligi 3000 metrdan oshadigan muzli zirh bilan qoplangan. Muzli zirh oʻlkasidagi bunday iqlim sharoitida faqatgina eng chidamli oʻsimlik va hayvonlar omon qolishi mumkin. Bu yerda qish juda sovuq, yoz esa qisqa va salqin. Yerning faqat kichik hududlari oʻt, archagul va past boʻyli gulli oʻsimliklar bilan qoplangan. Muz boʻlmagan yuzaning aksariyati mox va lishayniklar bilan qoplangan, unumsiz qoyalardir.

U holda nega bu joy Grenlandiya deb nomlangan? Bu aslida koʻrimsiz joyga xuddi tadbirkor xaridorlarni jalb qilish maqsadida “Yoqimli tepalik” nomini bergani kabi holatdir. 982-yilda islandiyalik Erik Torvaldson Grenlandiyaning janubi-gʻarbiga borib qolgan. Mallavoy Erik nomi bilan mashhur boʻlgan bu qahri qattiq kishi odam oʻldirgani uchun Islandiyadan uch yilga surgun qilingan. Erik uch yillik surgunni islandiyalik dengizchilar taʼriflagan gʻarbdagi yerlarni oʻrganish bilan oʻtkazgan.

Uch yil oʻtgach, u Islandiyaga qaytib kelib, odamlarga oʻz tadqiqotlari haqida gapirib bergan. U koʻchmanchilar bu mamlakatga intilishini juda xohlagani uchun unga shunday jozibali nom — Grenlandiyani bergan. Bugungi kunda Grenlandiyada 55 000 dan kam odam yashaydi va bunday juda katta hudud uchun bu koʻrsatkich juda kam. Aholining aksariyati orolning janubi-gʻarbiy sohilidagi muzdan xolis maydonlarda yashaydi. Sharqiy Grenlandiyada atigi 3 260 kishi, shimolda esa 800 nafardan kam odam istiqomat qiladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!