Najot armiyasi qanday paydo bo‘lgan?

Bugungi kunda dunyoda Najot armiyasi va uning faoliyati haqida bilmaydigan mamlakat juda kam boʻlib, bu buyuk tashkilotni yaratish gʻoyasi bir kishida tugʻilgan. U Uilyam But edi. 1865-yilda u London Ist-Endning zulmat bosgan koʻchalarida yurgan yosh metodist voiz boʻlgan. But u yerda atrofida toʻplanib, odatda unga qoʻrs hazil qilgan va hatto unga tosh otgan erkak-ayollar haqiga ibodat qilgan. But tushkunlikka tushmagan.

U har kun rafiqasi va bir nechta izdoshlari bilan koʻchalarda yurgan. Kun sayin bu kichik guruh odamlarni chodir, raqs zali yoki eski omborda oʻtkaziladigan uchrashuvlarga kelishga taklif qilgan. Bu yigʻilishlar davomida ular kambagʻallarni dinga chorlashga harakat qilib, ularning azob-uqubatlarini yengillashtirish uchun bor kuchini sarflagan. Dastlab guruh oʻzini Xristianlik missiyasi deb atagan, ammo 1878-yilda uning negizida Najot armiyasi tashkil etilgan. Tashkilot harbiy tizimni qabul qilgan. Uning asoschisi Uilyam But general deb atalgan, uning ishchilari esa forma kiygan. Tashkilot hayratlanarli tezlikda oʻsib, kengaygan. Armiya divizionlarni tashkil etuvchi hududlarga boʻlingan, ular esa oʻz navbatida korpus va avanpostlardan (missionerlik stansiyalaridan) iborat boʻlgan. General va zobitlar armiyaning barcha faoliyatini Londondagi xalqaro shtab-kvartiradan boshqargan.

Najot armiyasi tomonidan dunyo boʻylab 18 000 ga yaqin postlar tashkil etilgan. Bu postlar orqali ular jamoat xizmatlarini olib boradi. Bu xizmatlar arzon oshxona va xonalari boʻlgan mehmonxona, fabrika, qishloq xoʻjaligi koloniyalari, mehribonlik uyi, kunduzgi bolalar bogʻchalari, sugʻurta kompaniyalaridan iborat. Najot armiyasi Qoʻshma Shtatlarda Jorj Skott Reylton tomonidan 1880-yilda tashkil etilgan. 1904-yilda Uilyamning qizi Evangelina But Qoʻshma Shtatlardagi Najot armiyasining qoʻmondoni, 1934-yilda esa birinchi ayol generali boʻldi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!