Birinchi teatr qayerda tashkil etilgan?

Teatr uzoq rivojlanish tarixini bosib oʻtgan. Drama gʻoyasining ibtidosi dindir. Xitoyliklarning birinchi tomoshalari ibodatxonalardagi raqslar koʻrinishida boʻlgan. Keyinchalik bu maqsadda maxsus maydonchalardan foydalanila boshlangan. Bu parda va yoritish vositalarisiz, faqat ibodatxona tomi kabi bezatilgan tomga ega oddiy sahnalar boʻlgan. Qadimgi davrlarda yaponlarning ham teatri boʻlgan. Tomoshalarning bir turi “No” deb nomlangan. “Kabuki” teatr shakli esa eng mashhuri hisoblangan. Shuningdek, ular tomi ibodatxona koʻrinishidagi maydonchalarda ham boʻlib oʻtgan.

Qadimgi Hindistonda dramatik tomoshalar maxsus qurilgan va parda tutilgan baland maydonchalarda namoyish etilgan. Qadimgi yunonlar teatr rivojlanishi uchun ulkan hissa qoʻshgan. Tomoshabinlar tepalikning yonbagʻirlarida oʻtirgan. Pyesa koʻrinishlari maysazorda boʻlib oʻtgan. Aktyorlar sahnaga chiqib kelishi, kiyimlarini almashtirishi va dekoratsiyalarni joylashtirish uchun “skene” deb atalgan maxsus chodir boʻlgan.

Oʻrta asrlarda xristian cherkovi teatrning barcha shakllarini qoralagan, ammo keyinchalik diniy tomoshalar cherkov hayotining muhim qismiga aylangan. Oʻrta asrlarda ruhoniylar cherkov ibodatining bir qismi sifatida Injildan sahnalar namoyish etgan. Yelizaveta I davrida Angliyada teatr ancha oldinga qadam tashlagan.

1576-yilda aktyor Jeyms Berbij sahna namoyishlari uchun maxsus birinchi binoni qurgan. U shunchaki “teatr” deb nomlangan. Koʻp oʻtmay boshqa teatrlar qurilgan, ular orasida “Globus” teatri ham bo‘lib, u yerda Shekspirning koʻplab pyesalari, “Qizil buqa” va “Qora rohiblar” sahnalashtirilgan. Tomoshabinlar sahnaning oldi yoki atrofidagi chuqurda tik turgan yoki kabinalarda oʻtirgan. Bizning zamonaviy teatrimiz oʻsha dastlabki ingliz teatrlaridan kelib chiqqan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!