20.02.2024
Tovushni plastinkaga yozishni 1877-yilda Tomas Edison uning ikkita xususiyatini payqaganida ixtiro qilgan. Birinchidan, tarmoqning boshqa uchidagi odam gapirganida, telefon trubkasi ichidagi kichik disk tebranadi. Shu tarzda, unda diskning oʻrtasiga tashqaridan yuborilgan tovush miqdorini aniqlay oladigan juda kichik ignani oʻrnatish gʻoyasi paydo boʻlgan. Shuningdek, Edison Morze alifbosining nuqta va chiziq belgilari boʻlgan qogʻoz telegraf tasmasi qurilma orqali yuqori tezlikda oʻtkazilganda, u odam nutqiga juda oʻxshash past ovozli shovqin hosil qilishini payqagan. Agar inson ovozi ignani harakatga keltira olsa, nega xuddi shu igna qogʻoz tasmasidagi tovush toʻlqinlari chizigʻidan tovush hosil qila olmaydi?
Bir nechta tajribalardan soʻng Edison parafin qogʻoz oʻrniga metall silindrdan foydalangan. U silindr ustiga qalaydan tayyorlangan folga boʻlagini oʻrab, ikkita ignali diskni biriktirgan. Biri ovozni qabul qilishi, ikkinchisi uni qaytadan tiklashi kerak edi. Birinchi disk tebranganda, igna aylanayotgan silindr ustidagi qalay folgada mayda, egri-bugri chiziqlar qoldirgan. “Oʻqiydigan” igna xuddi shu chiziqlar boʻylab harakatlanganda, uning diski ham tebranib, ovozlarni qayta tiklagan. Edison silindrni ishga tushirib, yozish uchun moʻljallangan diskka engashib: “Merining qoʻzichogʻi bor edi!” (mashhur bolalar qoʻshigʻining boshlanishi) deb xitob qilgan. Soʻngra u ikkinchi diskning ignasini xuddi shu chiziqchaga qoʻyib, diskni aylantirgan. Ovoz qayta tiklangan! U birinchi boʻlib ovoz yozuvini yozib olgan! Bu 1877-yilda sodir boʻlgan.
1895-yilda Emil Berliner ismli kishi bozorga birinchi grammofon plastinkasini chiqargan. Bu silindr emas, balki ruxdan yasalgan va mum bilan qoplangan plastinka boʻlgan. Ovoz yozish ignasi tebranganda, mum ustida egri-bugri chiziq qoldirgan. Keyin plastinka kislotaga botirilgan va u igna ariqcha qoldirgan joylarda ruxga oʻyib kirib borgan. Inson ovozini yozib olish va grammofon plastinkalarini yaratish tarixi shu tarzda boshlangan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.