Nega nafas olishimiz kerak?

Hammamiz ongsiz ravishda nafas olishimiz kerakligini bilamiz. Ammo nega barcha tirik oʻsimlik va hayvonlar nafas olishi kerak? Sababi juda oddiy. Nafas olish orqali havodan kislorod olamiz. Bu gazsiz hayot mavjud boʻlishi imkonsiz. Biz chiqargan havo nafas olganimizdagi havodan farq qiladi. Nafas olish tizimimizdan oʻtgan havodagi kislorodning bir qismi soʻriladi, shu bilan birga undagi karbonat angidrid va suv hajmi oshadi.

Tabiat nafas olishimiz uchun kerakli doimiy kislorodga ega. Aslida, yildan yilga havodagi kislorod va karbonat angidrid miqdorida biroz oʻzgarishlar yuz beradi. Buning sababi shundaki, biz chiqaradigan karbonat angidrid oʻsimliklar tomonidan soʻriladi va bizga zarur boʻlgan kislorodni chiqaradi. Nafas olish ikki qism — tashqi va ichki nafasdan iborat. Tashqi nafas olish bu — nafas olish haqida soʻz ketganda koʻpchiligimiz tasavvur qiladigan narsa. U nafas olish va chiqarishdan iborat. Nafas olish havoni ogʻiz, burun yoki bir vaqtning oʻzida ikkalasi orqali ichga tortib olishni anglatadi. Nafas chiqarish esa havoni ayni shu kanallar orqali, ammo kislorodning beshdan bir qismi xuddi shu miqdordagi karbonat angidridga almashgan havoni tashqariga chiqarishni anglatadi. Bu oʻpkada sodir boʻladi.

Ichki nafas olish tashqi nafas olishning teskarisidir. Oʻpka orqali havodan olingan kislorod qizil qon hujayralari tomonidan tana toʻqimalariga yetkaziladi. Bu kislorod toʻqimalardagi muayyan oziq-ovqat mahsulotlarini yoqib, ularni organizm tomonidan foydalanishga yaroqli qiladi. Qon chiqindilarni, shu jumladan, suv va karbonat angidridni olib ketadi. Ular nafas olish uchun oʻpkaga qon bilan qaytadilar. Gazlar (kislorod va karbonat angidrid) nisbatidagi oʻzgarishlar oʻpkada ham, toʻqimalarda ham sodir boʻlgani sababli bu almashinuvni amalga oshirish uchun katta yuzali maydon talab qilinadi. Masalan, katta yoshdagi kishi oʻpkasining maydoni taxminan 3 kv. m. ni tashkil qiladi. Bu maydonning katta qismi zaxira sifatida saqlanadi, chunki biz ishlagan paytimizda dam olganimizdan 8–10 baravar koʻproq kislorod sarf qilamiz. Agar bizda koʻproq kislorodga ehtiyoj tugʻilsa, chuqurroq yoki tez-tez nafas olamiz.

Turli xil tirik mavjudotlar turli tezlikda nafas oladi. Bu ularga zarur boʻlgan kislorod miqdoriga bogʻliq. Chaqaloq har soniyada bir marta, 15 yoshida esa bola daqiqada taxminan 20 marta nafas oladi. Fil daqiqada 10 marta, it esa 25 marta nafas oladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!