Nima yurakni urishga majbur qiladi?

Koʻpchiligimiz yurak nasos ekanini bilamiz. U qonni tanamiz boʻylab harakatlantirib, hayotimizni taʼminlaydi. Ammo bu ajoyib nasos aslida nima? Yurak har urishi bilan taxminan 100 kub santimetr qonni haydaydi. Bir kunda esa qon tomirlari orqali taxminan 10 000 litr qon haydaladi. Oʻrtacha umr davomida yurak taxminan 250 million litr qonni haydaydi! Inson yuragi taxminan har 0,8 soniyada uradi. Yurak kuniga oʻrtacha 100 000 marta uradi va bu urishlar orasida shuncha dam oladi.

Umuman olganda, bu dam olish kun davomida 6 soatni tashkil qiladi. Biz yurakning “urishi” deb ataydigan narsa bu mushaklarning qisqarishi va boʻshashishidir. Yurak qisqarganda qon tashqariga haydaladi, boʻshashganida esa yangi porsiya qon kiradi. Ammo bu mushtingizni ochishingiz yoki siqishingiz kabi oddiy usul bilan sodir boʻlmaydi. Qisqarish yurakning pastki qismidan boshlanib, yuqoriga qarab harakatlanadi va toʻlqinsimon tarzda sodir boʻladi.

Yurak urishini nima taʼminlaydi? Uning qisqarishi va boʻshashishi uchun biror joydan impuls keladimi? Yoki bu mustaqil ravishda sodir boʻladimi? Bu biologiya sohasidagi eng sirli savollaridan biri va hali koʻp narsa sirligicha qolmoqda. Keling, sizga yuzlab yillar davomida maʼlum boʻlgan qiziqarli tajriba haqida soʻzlab beraylik.

Aytaylik, tovuq tuxumini olib, 26 soatga inkubatorga joylashtiramiz. Soʻngra uni ochamiz va kattalashtiruvchi linzadan foydalanib, tuxumdagi keyinchalik joʻja yuragi rivojlanadigan pardani oʻrganamiz. Qizigʻi, bu pardalar urayotganini koʻramiz! Pardalar yurakka aylanishidan oldin ham urayotgan boʻladi!

Tasavvur qiling, endi pardalarni olib, oʻsishi uchun boshqa qulay muhitga joylashtiramiz. Agar oʻsayotgan yurakni kesib olti qismga ajratsak, har bir qism bir xil chastotada urishda davom etadi. Buni qanday izohlash mumkin? Biz buni bilmaymiz. Aytishimiz mumkin boʻlgan narsa, yurak maʼlum bir avtomatik qisqarish xususiyatiga ega. Yurak urishi bilan bogʻliq hayot sirlaridan biri jumboqligicha qolmoqda!

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!