20.02.2024
Chanqaganimizda tomogʻimiz quriganini his qilamiz. Ochiqqanimizda oshqozonimiz boʻshab qolgandek tuyuladi. Aslida esa tomoqning qurigan, qorinning boʻshagan hislari ochlik va chanqoqni keltirib chiqaradigan sabablar emas. Odatda qonimizda maʼlum miqdorda suv va tuz mavjud. Xuddi shu narsa tana toʻqimalariga ham tegishli. Endi esa qandaydir sabablarga koʻra bu muvozanat buzilganini tasavvur qiling. Bu holatda qon muvozanatni saqlash uchun toʻqimalardagi suvni olishga majbur boʻladi va bu miyamizdagi “tashnalik markazida” darhol qayd etiladi. Bu markaz tomoqqa impuls yuborib, uni qisqarishga majbur qiladi. Bunga javoban ogʻiz quriydi va biz chanqoqlikni his qila boshlaymiz.
Ochlik hissi ham miyada paydo boʻladi. U yerda oshqozon va ichak faoliyatini boshqaradigan “ochlik markazi” mavjud. Qonda ozuqa moddalari yetarli miqdorda boʻlganda, ochlik markazi oshqozon va ichak faoliyatini sekinlashtiradi. Ammo qonda bu moddalar tanqisligi boshlansa, ochlik markazi “tormozlarni qoʻyib yuboradi”. Ichak kuchli qisqara boshlaydi va ochlikni his qilamiz. Oshqozonimiz “quldiray” boshlaydi.
Tanamizda mavjud ozuqa zaxiralarining sarfi tezligini belgilash orqali ochlik hissini maʼlum darajada nazorat qila olamiz. Tabiatda faol hayot tarzini olib boradigan kichik hayvonlar oʻz zaxiralarini tezroq sarflaydi. Masalan, kichik qushlar ochlikdan besh kun ichida nobud boʻladi, it esa ozuqasiz yigirma kun yashashi mumkin.
Koʻp narsa tananing holatiga bogʻliq. Odam tanasidagi protein zaxirasi u hayajonlangan yoki qoʻrqqan holatiga qaraganda xotirjam boʻlganida ancha uzoq muddatga yetadi. Baʼzi odamlar oʻz tanasini uzoq vaqt davomida oziq-ovqatsiz qanoatlanishga oʻrgatadi. Sportchilar oʻz tanasini eng qiyin mashqlarni bajarishga majbur qilgani kabi ular ham bunga kuchli iroda bilan erishadi. Chanqoq hissini boshqarish ancha qiyin, ammo iroda kuchi bilan bir muncha vaqt tashnalikka dosh berishni oʻrganish mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.