Psixik fenomen nima?

Baʼzida odamlar bilan noodatiy, aql bovar qilmas narsalar sodir boʻladi. Ammo bu hodisalar ularning gʻayritabiiy ekanini anglatmaydi. Shunchaki ilm-fan hali ularni tushuntirib bera olmaydi. Ular psixik fenomenlar¹ deb ataladi. Bunday hodisalarning koʻplab turi mavjud boʻlib, odamlar ularni katta qiziqish bilan oʻrganadi. Koʻpchilik bunga ishonadi, boshqalar esa yoʻq. Keling, bu turdagi baʼzi hodisalarni koʻrib chiqaylik. Ulardan biri “poltergeyst” deb ataladi. Bu gʻalati tovushlar, mebelning joyidan siljishi, idishlarning sinishi va boshqa hodisalar bilan bogʻliq boʻlib, oʻsha paytda xonadonda boʻlgan odamlar buni tushuntirib berolmaydi. Ammo bu sodir boʻlishi uchun deyarli har doim ayni bir odamning oʻsha joyda boʻlishi lozim.

Ayrim odamlar psixikasining gʻayrioddiy qobiliyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hodisalar yanada qiziqroq. Bunday hollarda odam tabiiy ravishda oʻrgana olmaydigan narsalar haqidagi bilimga ega boʻladi. Masalan, boshqa odamning fikrlarini oʻqishi, uzoq joyda yoki uzoq vaqt oldin sodir boʻlgan voqeani aytib berishi mumkin.

Boshqa odamning fikrlarini oʻqish (taxmin emas, balki aynan oʻqish) telepatiya deb ataladi.

Baʼzi allaqachongi hodisalarni bila olish qobiliyati gʻoyibdan bilish deb ataladi. Telepatiya mavjudligini isbotlash yoki namoyish qilish uchun juda koʻp tadqiqotlar oʻtkazilgan, ammo koʻplab olimlar bu tajribalar notoʻgʻri amalga oshirilganini taʼkidlaydi. Yana bir qiziqarli psixik fenomen bashorat deb ataladi. Bu odamlar kelajakda sodir boʻladigan voqealarni oldindan aytib bera olishi haqidagi holatlardir. Bashoratlarga ishonmaydigan odamlar nega bu bashoratchilar birjada boyib ketmaydi yoki jinoyatlarning oldini olmaydi deb soʻrashi mumkin.

Umuman olganda, psixik fenomenlarga nisbatan ikki xil munosabat mavjud: baʼzilar ularga soʻzsiz ishonadi, orasida koʻplab olimlar boʻlgan ikkinchi tomon esa ularga ishonmaydi va bu imkonsiz, shuning uchun ham bunday boʻlmaydi deb hisoblaydi.


[1] Fenomen — 1 kitob. Favqulodda (kamdan-kam uchraydigan) hodisa; favqulodda qobiliyat yoki isteʼdod egasi; 2 falsaf. His-tuygʻu tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi tushuncha.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!