Protein nima?

Barcha tirik hujayralar tarkibida oqsil mavjud. Bundan kelib chiqadiki, oqsil hayot uchun zarur boʻlgan moddadir. Darhaqiqat, “oqsil” soʻzi yunon tilidan kelib chiqqan boʻlib, “birinchi” degan maʼnoni anglatadi, chunki oqsil tirik materiyaning eng muhim elementi hisoblanadi.

Har bir hujayra turi oʻziga xos proteinga¹ ega. Proteinlar aminokislotalar deb ataladigan moddalar birikmasidan hosil boʻladi. Aminokislotaning yigirmadan ortiq turi mavjud. Har bir aminokislota guruhida azot, uglerod, vodorod va kislorod kabi elementlar bor. Turli xil aminokislotalar oqsil hosil qilish uchun turli yoʻllar bilan birlashgani sababli minglab turdagi oqsillar mavjud.

Masalan, goʻshtda oqsil borligi maʼlum, ammo unda kamida 12–15 turdagi oqsil borligini bilarmidingiz? Koʻplab oziq-ovqat mahsulotlari bizga kerak boʻlgan oqsillarni oʻz ichiga olgani sababli biz uchun foydali hisoblanadi. Bunga sut, tuxum, yogʻsiz goʻsht, baliq, noʻxat, loviya, yeryongʻoq va baʼzi don mahsulotlari kiradi. Ular tanani oʻzi ishlab chiqara olmaydigan aminokislotalar bilan taʼminlagani sabab inson uchun muhimdir. Tana aminokislotalarni oziq-ovqat tarkibidagi oqsillardan olishi kerak. Ular “zarur aminokislotalar” deb ataladi va organizmning ularga muhtojligini anglatadi.

Tanamiz toʻqimalari normal ishlashida zarur boʻlgan narsalardan foydalanishi uchun aminokislotalarning ayrim turlari juda koʻp miqdorda zarurdir. Masalan, noʻxat, loviya va boʻtqadagi oʻsimlik proteinlari barcha kerakli aminokislotalarga ega emas. Ammo ular baʼzi hayvon oqsillari bilan birlashtirilsa, ular juda qimmatlidir. Inson tanasi kelajakda foydalanish uchun aminokislotalar zaxirasini yarata olmaydi. Bu esa ushbu kislotalarning barcha kerakli turlarini bir vaqtning oʻzida olishimiz kerakligini anglatadi.

Tarkibidagi aminokislotalar birgalikda ishlatilib, yangi tana toʻqimalarini hosil qilishi uchun non va sutni bir vaqtning oʻzida isteʼmol qilish kerak. Ovqatlanishda proteinga ega turli xil oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtamiyona miqdori isteʼmol qilinishi kerak. Bularning barchasini yodda tutgan holda, tanamizning protein ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli miqdordagi kerakli aminokislotalarni olamiz.


[1] Protein — tirik organizm yoki oʻsimlikning ayrim toʻqimalarini tashkil etuvchi oddiy oqsil modda.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!