Aeroplan qanday havoga ko‘tariladi?

Buni bilish uchun, avvalo, qaysi kuchlar samolyotni havoda ushlab turishini tushunishimiz kerak. Samolyotning ogʻirligi oʻzining hajmidagi havodan ogʻirroq boʻlgani sababli uni havoda ushlab turadigan kuch kerak. Bu koʻtarish kuchi deb ataladi. Samolyot bu kuchni oldinga harakatlanish va havo qarshiligini yengish orqali oshiradi. Nega bu harakat koʻtarish kuchini yaratadi? Bu hodisa jarayon davomida havo massalari qanotlar atrofida oqib oʻtishi tufayli yuzaga keladi. Aeroplan tomonidan ajratilgan havo qanotlarning usti va ostidan oʻtadi. Uning qanotlar ostidan oʻtadigan qismi samolyotni yuqoriga koʻtaradi. Qanotning yuqori qismi qavariq shaklga ega va havo bu doʻnglikni aylanib, bu nuqtalarda past bosim hududini hosil qiladi.

Shunday qilib, bir vaqtning oʻzida taʼsir qiladigan ikkita kuch paydo boʻladi: qanotlar ostidagi havo samolyotni yuqoriga koʻtaradi, qanotlar ustidagi pasaygan bosim esa bu harakatga yordam beradi. Natijada koʻtarilish yuzaga keladi. Oldinga harakatlanishi uchun samolyotga dvigatel kuchi kerak. Propellerlar xuddi yogʻochga burab kirgizilgan murvat kabi havo qatlamiga buralib kiradi. Bu effekt samolyot havo orqali tez harakatlanayotganda, shuningdek, havoning oʻzi ham tez harakatlanganda zich muhit xossalariga ega boʻlishi sababli paydo boʻladi. Bu oldinga boʻlgan harakat tortish kuchi deb ataladi. Tortish kuchi havo qarshiligini, koʻtarish kuchi esa gravitatsiya kuchini yengadi va samolyot havoga koʻtariladi. Koʻtarish kuchi gravitatsiya kuchlarini muvozanatlashtirar ekan, samolyot bir xil balandlikda harakatlanishda davom etadi.

Tezlik oshishi bilan samolyot yuqoriga koʻtariladi, chunki koʻtarish kuchi oshadi va uchuvchi bu kuchga qarshilik qilish uchun samolyot burnini biroz pastga tushirishi kerak. Agar tezlik pasaysa, uchuvchi samolyot burnini biroz yuqoriga koʻtarishi lozim. Agar bu bajarilmasa, qanotlar atrofidagi havo oqimi uziladi, samolyot koʻtarish kuchini va tegishlicha tezligini yoʻqotadi, bu esa shtoporga (samolyotning pastga qarab buralib shoʻngʻishi) kirish xavfini tugʻdiradi. Agar havo oqimining uzilishi juda yuqorida yuz bersa, bu balandlik samolyotni toʻgʻrilash va tezlikni qayta tiklash uchun yetarli boʻladi, ammo yerga yaqin past balandlikda sodir boʻlsa, falokat muqarrardir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!