Ichimlik suvi qanday olinadi?

Avvalo, nega suvni ichimlik suviga aylantirish kerak? Nega uni tabiatdan olingan holida icha olmaymiz? Buning sababi shundaki, bugungi kunda haqiqatan ham toza suvni topish imkonsiz. Eng toza suv manbai — qor, tozalik darajasida keyingi oʻrinda yomgʻir suvi turadi, ammo unda havodagi erigan gazlar va karbonat angidrid, xloridlar, sulfatlar, nitratlar va ammiak izlarini uchratish mumkin. Hatto togʻ jilgʻalari va koʻllarning suvida ham noorganik tuzlar boʻlishi mumkin. Pasttekislikdagi daryo va koʻllarning suvlari odatda juda ifloslangan.

Buloq va quduq suvi yerda filtrlanadi, shuning uchun u juda toza, ammo uning tarkibida ham noorganik tuzlar boʻlishi mumkin. Demak, ichiladigan har qanday suv u avvaldan ozmi-koʻpmi tozalanishi kerak. Buning koʻplab usullari mavjud. Ulardan biri — shunchaki tindirish. Suv idishda saqlanganda, baʼzi jarayonlar sodir boʻladi. Qattiq zararli moddalar tubiga choʻkadi, yaʼni kimyogarlar choʻkindi choʻkishi deb ataydigan jarayon sodir boʻladi. Shuningdek, tindirish paytida koʻplab bakteriyalar zararsizlantiriladi. Ammo tindirish usuli toʻliq tozalashni kafolatlamaydi.

Zararli moddalar yaxshiroq choʻkishi uchun suvga kimyoviy moddalar qoʻshiladi. Bundan tashqari, suvda erigan gaz, noxush taʼm va hidlarni yoʻqotish uchun uni aeratsiya qilish mumkin. Suv qumdan oʻtkazib filtrlansa, uni nafaqat chiqindilardan, balki deyarli barcha bakteriyalardan tozalanishi aniqlanganiga ancha vaqt boʻldi. Suvni qum yordamida, shu jumladan, yuqori tezlikda filtrlashning turli usullari ishlab chiqilgan.

Arzon, tez va samarali boʻlgan xlorlash — suvni tozalashning hammaga maʼlum usuli.
4 000 000 litr suvga 2 kilogramm xlorka (eritilgan yoki kukunsimon xlorli ohak) qoʻshiladi. Bu suvda mavjud boʻlgan xavfli bakteriyalarning katta qismini yoʻq qilish uchun yetarli.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!