Keramika nima?
Yaxshi pishirilgan loydan yasalgan buyum chidamli bo'ladi.
2 min
Bu nima?

Muzeylarda, albatta, kulollar tomonidan yasalgan turli xil vaza, idishlar, kosa va laganlarni koʻrgansiz. Kulolchilik buyumlari maxsus loydan yumshoq boʻlgan paytida yasaladi va qotirish uchun pechlarda pishiriladi. Bunday buyumlarni yasash sanʼati keramika deb ataladi. “Keramika” soʻzi baʼzan nafaqat loydan tayyorlangan, balki emal va shisha bilan qoplangan buyumlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Ammo har qanday holatda ham bu buyumlarni ishlab chiqarishda pishirish usuli va tabiiy materiallar — loy, qum va maydalangan togʻ jinslaridan foydalaniladi.

Keramika yer yuzidagi eng qadimiy sanʼatlardan biridir, chunki loy deyarli hamma joyda uchraydi. Qazish ishlari vaqtida tarixdan ilgarigi davrlarda yasalgan sopol parchalari topilgan. Yaxshi pishirilgan loydan yasalgan buyum juda chidamli boʻladi. U sinishi mumkin, lekin hech qachon chirimaydi va zanglamaydi.

Qadimgi xitoyliklar ajoyib kulollar boʻlgan. Ular chinni deb ataluvchi oʻta chidamli nimshaffof keramika ishlab chiqarish usulini ixtiro qilgan. Gʻarbda bu material u birinchi marta ishlab chiqarila boshlangan mamlakatning oʻzi kabi “china” nomi bilan tanilgan. Keramika ishlab chiqarishda ishlatiladigan loyning oltita asosiy turi mavjud.

Birinchisi, nafis ish uchun yaroqli boʻlmagan oddiy loy. Undan yasalgan narsa sopol yoki keramik idish deb ataladi.

Eng toza loy — kaolin yoki Xitoy loyi. U Xitoy chinnisini ishlab chiqarishda ishlatiladi va pishirilganda sof oq rangga ega boʻladi. Hali sovitgichlar boʻlmagan qadimgi davrlarda  sovuq suvni saqlash uchun sopol koʻzalardan foydalanishgan. Bu turdagi keramika dagʻal material boʻlib, suyuqlik uning mayda teshiklari orqali sizib oʻtgani uchun undagi suv sovuq saqlangan. Sizib chiqqan suyuqlik bugʻlana boshlaydi va namlikning idish yuzasidan doimiy bugʻlanishi koʻza va uning ichidagi narsaning sovuq holatda saqlanishiga yordam beradi.

Hozirgi kunda bu bugʻlanishning oldini olish uchun sopol idishlar maxsus yaltiroq qoplama bilan qoplanadi va bunday idishlar odatda sopol emas, balki keramika deb ataladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!