Beton nima?
Temir-beton nima?
2 min
Bu nima?

Beton inson tomonidan yaratilgan eng muhim va zarur qurilish materiallaridan biridir. Bu mustahkam, bardoshli, ishlab chiqarish juda arzon va foydalanish qulay boʻlgan materialdir. U na olov, na suv, na ob-havo, na ogʻir yuk taʼsirida parchalanadi. Katta toʻgʻonlar, koʻpriklar, osmonoʻpar binolar, avtomobil yoʻllari, uylar, samolyotlarning uchish-qoʻnish yoʻlaklari — barchasi betondan qilingan. Beton portland sement, suv, qum, shagʻal yoki maydalangan toshdan tayyorlanadi. Bu materiallar kerakli nisbatlarda aralashtirilib, beton hosil qilinadi. Tayyorlangan betonni opalubka deb ataladigan maxsus shakllarga quyib, unga deyarli har qanday shakl berish mumkin. Aralashtirilganda, suv va sement qum va shagʻalni oʻrab oluvchi xamirga oʻxshash massa hosil qiladi. Bu xamir qotganda, tosh kabi qattiq massaga aylanadi.

Vaqti-vaqti bilan qolipga quyilgan betonni namlab, uni yanada qattiqroq qilish mumkin, chunki sement va suv oʻrtasidagi kimyoviy reaksiya tufayli beton vaqt oʻtishi bilan tobora qattiqlashadi. Beton moʻljallangan maqsadga koʻra turli xil usullarda qoʻllanadi. Masalan, betonning yupqa qatlami moʻrt boʻlib, tez sinadi. Beton konstruksiyalarning yuklarga bardoshliligini oshirish uchun beton poʻlat panjara yoki toʻrlarga quyiladi. Bunday beton temir-beton deb ataladi.

Beton mahsulotlarni mustahkamlashning yana bir usuli — u oldindan tortilgan prujinasimon poʻlat toʻrga quyiladi. Bu tarang beton deb ataladi.

Hozirgi vaqtda har bir kub santimetrida milliardlab kichik havo pufakchalari boʻlgan beton ishlab chiqarilmoqda. Bu gʻovak beton deb ataladi. Undan na sovuq, na eruvgarchilik taʼsir qilmaydigan yoʻl qoplamalari tayyorlanadi.

Koʻrib turganingizdek, betonni takomillashtirish va uni maxsus qurilish ehtiyojlariga moslashtirishning koʻplab usullari mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!