20.02.2024
Dunyoda hamma narsa oʻzgaradi, lekin shunday muntazam oʻzgarishlar mavjudki, ulardan ham doimiy boshqa narsa yoʻqdir. Bu kun va tun hamda fasllar almashinuvidir. Qish, bahor, yoz va kuz har yili bir-birini almashtiradi va hech qachon bu tartib buzilmaydi, chunki bu Yerning oʻz oʻqi va Quyosh atrofidagi orbitasi boʻylab aylanishi bilan belgilanadi. Yer Quyosh atrofida va bir vaqtning oʻzida sayyora qutblari orqali oʻtgan va Yer orbitasiga nisbatan ogʻgan oʻz oʻqi atrofida ham aylanadi. Agar bu oʻq orbitaga nisbatan toʻgʻri burchak ostida oʻtganida, bizda hech bir fasl boʻlmasdi va yilning barcha kunlari bir xil darajada issiq va yorugʻ boʻlar edi.
Ammo sayyoramizga Quyosh va Oyning tortish kuchi, shuningdek, Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi taʼsir qilgani sababli Yer oʻqi ogʻgan. Natijada Yer Quyosh atrofida biroz yonga ogʻgan holatda aylanadi. Yil davomida Yerning oʻqi bir nuqtaga — Kichik Ayiq yulduz turkumidagi Qutb yulduziga qaratilgan. Shuning uchun Shimoliy qutb yilning bir qismida Quyoshga oʻgirilgan, ikkinchi qismida esa undan yashiringan boʻladi. Quyoshning tik nurlari Yer yuzasini goh ekvatordan shimolga, goh undan janubga qarata yoritadi. Quyosh tik nurlarining yer yuzasiga bunday turli xil taʼsiri tufayli shimoliy va janubiy yarimsharlarga har doim qarama-qarshi boʻlgan fasllarni olib keladi.
Shimoliy yarimshar Quyoshga oʻgirilganda, ekvatorning shimolidagi mamlakatlarda — yoz, janubida esa qish boshlanadi.
Fasllar oʻzgarishi Yerdagi yashash sharoitlarini juda murakkablashtiradi va ularni xilma-xil qiladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.