20.02.2024
Magellan sayohatida qatnashgan beshta kemaning oxirgisi Yerni aylanib Sevilyaga qaytgach, dengizchilar hayratda qolgan.
Butun safar davomida uning ishtirokchilaridan biri bir kunni oʻtkazib yubormasdan, barcha koʻrganlarini qayd etib borgan. Safar oxirida quruqlikda kemaga qaraganda bir kun koʻproq vaqt oʻtgani maʼlum boʻlgan. Kemada haftaning chorshanba kuni, quruqlikda esa payshanba boʻlgan. Ispanlar bayram va roʻza kunlarini beixtiyor boshqa kunga koʻchirishganidan dahshatga tushishgan.
Sayyoramizga vaqt mintaqalari joriy etilgach, bu sirli holatning sababi oydinlashgan.
1870-yilda Kanada temir yoʻllari muhandisi Sandford Fleming Angliyaning Grinvich shahridagi rasadxona orqali oʻtadigan meridiandan boshlab har 15 daraja uzunlik boʻylab vaqt mintaqalarini joriy etishni taklif qilgan. Bu meridianni ancha oldin, 1844-yilda Vashingtonda boʻlib oʻtgan Xalqaro kongress chogʻidayoq nolinchi deb qabul qilishga qaror qilingan. Qadimgi astronomik rasadxona Angliyada, London yaqinida joylashgan.
Nolinchi mintaqaning oʻrtacha quyosh vaqti Umumjahon vaqti, birinchi vaqt mintaqasining oʻrtacha vaqti Sharqiy Yevropa va hokazo geografik mintaqa, mamlakat, shaharlar nomlari bilan atalgan. Grinvichning sharqida va gʻarbida 180 tadan meridian joylashgan. Undan sharqiy va gʻarbiy uzunlik darajalari hisoblanadi. Yoyning bir darajasi uzunligi aylananing 1/360 qismiga teng. Har bir daraja 60 ta qismga, yaʼni daqiqalarga boʻlinadi. Har bir daqiqa ham 60 ta qism — soniyalardan iborat. Vaqt mintaqalari loyihasi 1883-yilda AQSh va Kanadada, keyinchalik boshqa mamlakatlarda qabul qilingan.
Butun Yer shari har biri 15 darajadan iborat 24 ta vaqt mintaqasiga boʻlingan. Har bir mintaqa ichida vaqt bir xil deb hisoblanadi. Bir mintaqadan ikkinchisiga oʻtilganda soat millari bir soatga oʻzgartiriladi.
Hududida bir necha vaqt mintaqasi boʻlgan barcha mamlakatlarning soatlarida bir vaqtning oʻzida soatdagi daqiqa millari bir xil boʻlib, soat millari esa butun songa farq qiladi.
Shu bilan birga, mintaqalarning vaqt farqi juda sodda tarzda aniqlanadi, ammo ularning har biridagi mintaqa va Quyosh vaqti oʻrtasidagi farq esa har doim bir soatdan kam boʻladi. Masalan, Oʻrta Yevropa mintaqa vaqti boʻyicha yashaydigan Varshava aholisining soati Moskvanikidan bir soatga, Berlinnikidan esa ikki soatga “ortda qoladi”. Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqalarida Quyosh Moskvaga qaraganda yetti, sakkiz va toʻqqiz soat oldin chiqadi. Moskvada tushki soat 12 da, Petropavlovsk-Kamchatskda — soat 21:00, Moskvada kechqurun boʻlganda Kamchatkada ertangi kun boshlanib, ertalab boʻladi.
Vaqt mintaqalari chegaralari hamma joyda ham aniq meridianlar boʻylab oʻtkazilmagan, aks holda chegara chizigʻi baʼzan shaharlarni kesib oʻtib, bitta shaharning ikki tomonida turli vaqtlar boʻlar edi.
Bu chiziq Osiyo va Shimoliy Amerika qitʼalari oʻrtasidagi 180 daraja sharqiy uzunlik meridiani boʻylab oʻtishiga kelishib olingan. Shunga koʻra, kun, demak, yangi yil ham avval Kamchatkada, keyin Sibirda, keyin Yevropada va bir kundan keyin Alyaska va Amerikada boshlanadi.
Sana oʻzgarishi chizigʻini sharqiy yoʻnalishdagi kesib oʻtgan kemada oyning oʻsha kuni ketma-ket keladigan ikki kunga hisoblanadi. Aksincha, sana chizigʻini gʻarbiy yoʻnalishda kesib oʻtilganda, bir kun hisobdan chiqariladi.
Magellanning butun dunyo boʻylab sayohatini har doim faqat gʻarbga qarab harakatlanib yakunlagan yoʻldoshlari, 180-meridianni kesib oʻtishda bir kunni hisobdan chiqarib tashlamagani uchun bir kunni “yoʻqotgan”; masalan, oyning 14-kunidan keyin 16-kun, chorshanbadan keyin darhol juma deb hisoblashi kerak edi.
Chukotka va Alyaska bir-biriga juda yaqin va faqat oʻsha yerda yangi yilni ikki marta kutib olib, yashab oʻtilgan kunni yana bir marta ortga qaytarish mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.