Eng katta balandlik va chuqurliklar

Gavayi orollaridan biridagi Mauna-Kea vulqoni soʻngan. Bu Tinch okeanidagi eng baland togʻ. Vulqonning dengiz sathidan balandligi 4200 m, ammo uning poydevori dengizda 5840 m chuqurlikda joylashgan. Agar uning balandligi suvostidagi poydevoridan choʻqqisigacha oʻlchansa, balandligi 10 040 m boʻlgan bu vulqonni dunyodagi eng baland togʻ deb hisoblash mumkin. U Yerning eng baland togʻ choʻqqisi hisoblanadigan Jomolungmadan (Everest) bir kilometrdan ortiq balandroq. Agar Jomolungma Yer yuzasidagi eng chuqur botiqqa tushirilsa, u dengiz sathida koʻrinmaydi.

1951-yilda sovet ekspeditsiyasi “Vityaz” kemasida Tinch okeanidagi Mariana orollaridan sharqda (Yangi Gvineya va Yaponiya orollari oʻrtasida) 11 022 metrlik botiqni aniqlagan. Oʻrtacha kengligi atigi 59 km boʻlgan okean tubidagi bu chuqurlik 1340 km ga choʻzilgan.

Atlantika okeanidagi eng katta chuqurligi — 9218 m (Puerto-Riko botigʻi), Hind okeanida — 7450 m (Yava botigʻi), Shimoliy muz okeanida — 5220 m (Nansen xandagʻi).

Yerning barcha eng baland choʻqqilari (8 km dan baland) Osiyoda joylashgan. Janubiy Amerikadagi eng katta togʻ — Argentinadagi Akankagua vulqoni (6960 m), Shimoliy Amerikada — AQShdagi Mak Kinli (6194 m), Afrikada — Kilimanjaro (5895 m), Antarktidada — Vinson (5140 m), Yevropada — Elbrus (5633 m), Avstraliyada — Kossyushko (2230 m).

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!