Koinot qanchalik katta?

Inson uchun Koinotning haqiqiy oʻlchamlarini tasavvur qilishning iloji yoʻq. Biz nafaqat uning qanchalik katta ekanligini bilmaymiz, balki uning qanchalik uzoqqa choʻzilishi mumkinligini ham tasavvur qilishimiz qiyin.

Agar biz Yerdan uzoqlasha boshlasak, nima uchun bunday ekanini tushunamiz. Yer — bu Quyosh tizimining juda kichik bir qismidir. Quyosh tizimiga Quyosh, uning atrofida aylanadigan sayyoralar (Yerdan tashqari yana 7 ta sayyora bor), kichik sayyoralar hisoblanadigan asteroidlar va meteorlar kiradi.

Bizning butun Quyosh tizimimiz, oʻz navbatida, “galaktika” deb nomlanadigan boshqa katta tizimning kichik bir qismidir. Galaktika millionlab yulduzlardan iborat boʻlib, ularning aksariyati bizning Quyoshimizdan ancha katta va oʻzlarining quyosh tizimlariga ega.

Biz “Somon yoʻli” deb nomlanadigan galaktikada yashaymiz (rus tilida “Млечный путь”, ingliz tilida esa “Milky Way” deb nomlanadi). Shunday qilib, bizning galaktikamizda biz kuzatadigan barcha yulduzlar — “quyosh”dir. Ularning orasidagi masofa kilometrlarda emas, balki yorugʻlik yillarida oʻlchanadi. Bir yil ichida yorugʻlik nuri 11 000 000 000 000 km dan ortiq masofani bosib oʻtadi. Eng yaqin va eng yorqin boʻlgan yulduz — Alfa Sentavra (Alpha Centauri) bizdan 46 000 000 000 000 km uzoqlikda joylashgan.

Ammo keling, galaktikamizning oʻlchamlarini tasavvur qilib koʻraylik. Uning diametri 100 000 yorugʻlik yiliga teng deb hisoblanadi. Bu 11 000 000 000 000 km dan 100 000 marta katta degani. Lekin bizning galaktikamiz, oʻz navbatida, boshqa, kattaroq tizimning kichik bir qismidir.

Somon yoʻlidan tashqarida, ehtimol, yana millionlab galaktikalar mavjud. Ammo, ularning barchasi birgalikda yanada yirik tizimni tashkil qilishi mumkin.

Shuning uchun ham biz Koinotning oʻlchamlarini tasavvur qilishda qiynalamiz. Aytgancha, olimlar Koinot kengayib bormoqda deb faraz qilishmoqda. Bu esa ikki galaktika orasidagi masofa bir necha milliard yil ichida ikki baravar ortishini anglatadi.

Qanchalik kichkina ekanimizni tasavvur qila oldingizmi?


Galaktikalar solishtirilgani haqida video:

https://www.youtube.com/watch?v=ofCtdHVBURk

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!