Quyosh nega nur sochadi?

Ishonish qiyin, lekin tunda porlaydigan yulduzlar ham, kunduzi charaqlaydigan Quyosh ham bir xildir.

Quyosh Yerga eng yaqin yulduz hisoblanadi. Biz Yerdagi hayot Quyoshga bogʻliq ekanligini bilamiz. Quyosh taftisiz Yer yuzida hayot paydo boʻlmasdi. Quyosh nurisiz yashil oʻsimliklar, hayvonlar, odamlar boʻlmasdi.

Quyosh Yerdan 172 000 000 km uzoqlikda joylashgan. Quyoshning massasi Yer massasidan 1 300 000 marta koʻpdir. Ammo qiziq tomoni shundaki, Quyosh Yer kabi qattiq jism emas.

Buni isbotlash juda oson: Quyosh yuzasining harorati 6000 °C ga yetadi. Bu haroratda har qanday metall yoki tosh gazga aylanadi, shuning uchun Quyosh gaz shari deb hisoblanadi!

Ilgari olimlar quyosh nuri va issiqligini uning yonishi natijasi deb hisoblashgan. Ammo Quyosh yuzasi yuz millionlab yillar davomida issiq boʻlib qolmoqda va hech narsa bunchalik uzoq vaqt davomida yonishi mumkin emas.

Bugungi kunda olimlarning fikriga koʻra, Quyosh atom bombasida sodir boʻladiganga oʻxshash jarayonlar natijasida issiqlik hosil qiladi. Quyosh materiyani energiyaga aylantiradi.

Bu jarayon yonishdan farq qiladi. Yonish paytida materiya bir shakldan boshqasiga oʻtadi. Materiyaning energiyaga aylanish jarayonida juda katta miqdordagi energiya ishlab chiqarish uchun minimal miqdordagi materiya kerak boʻladi. Yigirma sakkiz gramm materiya 1 million tonnadan ortiq qoya jinslarini eritish uchun yetarli energiya chiqaradi.

Shunday qilib, agar fan haq boʻlsa, Quyosh u yerda doimo materiyaning energiyaga aylanishi sodir boʻlayotganligi uchun nur sochadi. Quyosh massasining bir foizi uning 150 milliard yil davomida qaynoq boʻlib turishi uchun yetarli!

Keyingi safar Quyosh tomon boqqaningizda, shu maʼlumotlarni yodda tuting, lekin koʻp qaramang — koʻzlar uchun zarar. ☀️

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!