Atirni kim ixtiro qilgan?
Atir haqida ma'lumot, Parfyumeriya so'zining ma'nosi qanday?
2 min
Tarix

Ehtimol, odamlar hayotning dastlabki kunlaridan boshlab atirlardan foydalanishni boshlaganlar. Oʻzi “parfyumeriya” soʻzi lotin tilidan olingan: undagi “fumus” soʻzi “tutun” degan maʼnoni anglatadi. Bu bizni qadimgi odamlar xushboʻy hid olish uchun yoqimli hidli yogʻoch, qatronlar yoki barglarni yoqishgan deb oʻylashga undaydi.

Biz bilamizki, misrliklar 5000 yil oldin atirdan foydalanishgan. Ammo atirgul barglaridan atirgul suvini olishni birinchi boʻlib arablar fahmlagan. Bu 1300 yil oldin sodir boʻlgan. Arablar bu suvni nafaqat atir, balki dori sifatida ham ishlatishgan. Atirgul yogʻi, ya`ni atirgul barglaridan tayyorlangan efir moyi eng qadimgi hisoblanadi. Yarim gektardagi atirgul butalari 1 tonna barg bergan, ulardan esa, oʻz navbatida, yarim kilogramm yogʻ olingan. Shu sababli, bunday atirlar juda qimmat boʻlganligi ajablanarli emas.

Bugungi kunda atir tayyorlash uchun atirgul, binafsha, yasmin, apelsin va zaʼfaron kabi gullar ishlatiladi. Attorlik uchun kedr va sandal daraxtlari yogʻochi, lavanda va qalampirmunchoq barglari, yorongul barglari, binafsha va zanjabil ildizi ham ishlatilishini bilasizmi?

Qadimgi odamlar gullarning essensiyasini suv yordamida ajratib olish orqali atirlar tayyorlashgan. Ushbu jarayon “anfleraj” yoki gullardan xushboʻy moddalarni ajratib olish deb nomlanadi. Yogʻoch romlar ichiga shisha parchalari joylashtirilgan va ustiga tozalangan choʻchqa yogʻi qatlami qoʻyilgan. Ushbu moslama barglar bilan qoplangan va ustidan yana bir shunaqa moslama qoʻyilgan. Choʻchqa yogʻi kerakli miqdordagi essensiyani oʻziga shimib olmagunicha barglar almashtirib turilgan.

Essensiya olishning zamonaviy usulida neftdan olinadigan oʻta toza erituvchi suyuqlik ishlatiladi. U yogʻni shimib olguniga qadar yangi barglar orqali oʻtkaziladi. Soʻngra erituvchi ajratib olinadi va atir spirt yordamida tozalanadi.

Bugungi kunda fan yangi hidlarni ixtiro qilishda tabiat bilan raqobatlashmoqda. Kimyogarlar koʻmir qatroni, skipidar va boshqa shunga oʻxshash materiallardan sunʼiy hidlarni olishmoqda va biz ularni tabiiy hidlardan ajrata olmay qolyapmiz. Attorlik sohasi mutaxassisi haqiqiy gullardan olish mumkin boʻlmagan ajoyib gulli hidlarni yaratishi mumkin.

Keyingi safar atir sepkaningizda, ushbu maʼlumotlarni albatta esga oling.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!