Quyosh tizimi nega bu shaklda?

Quyosh tizimi nima uchun bunday shaklga ega ekanini bilmaymiz. U Koinotdagi butunlay oʻzgacha tarzda joylashgan boshqa koʻplab quyosh tizimlari kabi boʻlishi mumkin edi. Bu ularning qanday paydo boʻlganiga bogʻliq. Ammo inson Quyosh tizimining hozirgi shakli qanday saqlanib turishini tushuntirishga imkon beradigan tabiat qonunlarini kashf etdi.

Boshqa sayyoralar singari, Yer ham Quyosh atrofidagi orbita boʻylab aylanadi. Biz Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanish vaqtini yil deb ataymiz. Boshqa sayyoralarning orbitalari Yer orbitasidan kattaroq yoki kichikroqdir.

Quyosh tizimi qanday paydo boʻlgan? Sayyoralar nega bunday oʻlchamlarga ega? Ular nega oʻz orbitalarida harakat qilishadi? Astronomlar bu savollarga aniq javob bera olmaydilar. Ular ikki xil nazariyani taklif qilishadi. Biriga koʻra, bugungi koʻrinishdagi Quyosh va sayyoralar aylanayotgan issiq gazlarning ulkan bulutidan paydo boʻlgan. Ushbu aylanayotgan ulkan chang va gaz bulutining novdalari sayyoralarni hosil qilgan. Boshqa bir nazariyalar guruhi mualliflari esa oʻtmishda Quyosh boshqa yulduz bilan yaqinlashgan deb hisoblashadi. Quyoshdan katta “boʻlaklar” ajralib chiqib, Quyosh atrofida aylana boshlagan hamda Quyoshning bu qismlari hozirgi sayyoralarga aylangan.

Keplerning sayyoralar harakati qonunlariga koʻra, barcha sayyoralar Quyosh atrofida elliptik (choʻzilgan) orbitalarda aylanadi; sayyora Quyoshga qanchalik yaqin boʻlsa, uning harakat tezligi shunchalik yuqori boʻladi; toʻliq aylanish vaqti Quyoshgacha boʻlgan masofaga bogʻliq. Nyutonning tortishish qonuni (Keplerning uchta qonuni uning tarkibiy qismidir) ikkita jism nima uchun oʻzaro tortishishini tushuntiradi. Baʼzi tabiat qonunlariga koʻra, Quyosh va sayyoralarning oʻzaro taʼsiri tufayli Quyosh tizimi shunday shaklga ega.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!