Vaksina nima?
Vaksina nega kerak? Immunitet organizmda qanday hosil qilinadi?
2 min
Bu nima?

Har bir tirik organizm infeksiyaga qarshi turish va uni yengish qobiliyatiga ega. Bu qobiliyat immunitet deb ataladi.

Viruslar keltirib chiqaradigan turli xil kasalliklar vaqtida odamning himoya reaksiyasi ishga tushadi va ularni yengishga yordam beradi. Chechak, qizamiq, suvchechakdan keyin tanada bu kasalliklarga qarshi immunitet hosil boʻladi, shu sabab ular hech qachon ikkinchi marta takrorlanmaydi.

Ammo grippdan keyin siz yana uni yuqtirmasligingizga ishonch yoʻq, buning sababi gripp viruslari doimiy ravishda oʻzgarib turadi. Immunitetni sunʼiy ravishda hosil qilish uchun tanaga zaiflashtirilgan virusni kiritish kerak. Bunday holda kasallik yengil tarzda kechadi. Sogʻaygandan soʻng odam bir muncha vaqt unga qarshi immunitetga ega boʻladi. Boshqacha qilib aytganda, virusning oz miqdori organizmimizga yuboriladi, shunda immunitetimiz uni “dushman” deb tanib oladi. Zaiflashtirilgan virusning bu inyeksiyasi emlash deb ataladi. 

Vaksinani baʼzi hayvonlarga maʼlum bir kasallik virusini yuqtirish orqali olish mumkin. Virus butunlay zaiflashganda, u odamga zarar yetkazmaydi va faqat immunitetining oʻshishiga olib keladi. Vaksinani olishning yana bir usuli — uni “oʻldirilgan” yoki faol boʻlmagan viruslardan tayyorlashdir. 

Keyingi safar biror bir kasallikka qarshi vaksina olayotganingizda, ushbu maʼlumotlarni yodda tuting.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!