Gaz nima?
Gazning necha turi borligini bilasizmi?
2 min
Bu nima?

Koʻp asrlar oldin, Yunonistonning Delfi shaharchasida bir choʻpon yerdan qoʻylarni oʻzini gʻalati tutishga majbur qiladigan narsa chiqayotganini payqadi, odamlar esa bundan mast boʻlib, ularning nutqi chalkashib ketardi. Yunonlar bu Xudoning ruhi deb qaror qilishdi va u yerda ehrom qurishdi. Bu “ruh” tabiiy gaz edi.

Bugungi kunda gazlarning uch turi maʼlum: tabiiy gaz, toshkoʻmir gazi va suv gazi. Gaz konlari sayyoramizning koʻplab hududlarida joylashgan. U yer qobigʻining shakllanishi natijasida hosil boʻlgan yer osti tabiiy omborlarida toʻplangan. Uzun gaz quvurlari bosim ostida gazni minglab kilometr masofadagi shaharlarga olib boradi, u yerda undan asosan metallurgiya zavodlari va elektr stansiyalarida foydalaniladi.

Toshkoʻmir gazi maydalangan koʻmirdan katta vakuumli qurilmalarda qizdirilib olinadi. Qizdirish harorati maʼlum darajaga yetganda, koʻmir eriy boshlaydi va undan ajralgan gaz quvurlar orqali chiqarib olinadi.

Gaz katta sigʻimlarda toʻplanadi va u yerda aralashmalardan tozalanadi. Keyin u sovutish quvurlari orqali oʻtkazilib, “tozalovchi”ga yuboriladi, u yerda gaz qolgan aralashmalardan tozalanadi. Va nihoyat, gaz miqdorini aniqlaydigan hisoblagich orqali tozalangan holda saqlash omborxonalarida toʻplanadi va u yerdan quvurlar orqali turar-joy binolari va korxonalarga joʻnatiladi.

Gazni tozalash natijasida hosil boʻladigan quyuq qora bitum tarkibida attorlik, dori boʻyoqlari va moylarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan koʻplab qimmatbaho mahsulotlar mavjud. 

Hozirgi vaqtda gaz yoritish uchun deyarli ishlatilmaydi. Olingan gazning 80% dan ortigʻi ovqat pishirish, hamda turar-joy binolari va sanoat korxonalarini isitish uchun ishlatiladi. Gaz toza yoqilgʻi turiga tegishli boʻlgani uchun u juda keng qoʻllaniladi. Uni boshqarish oson, saqlash va yonish chiqindilarini yoʻq qilish uchun katta xarajatlarni talab qilmaydi. 

Hozirda qahva tayyorlashda, ovqat va non pishirishda biz gazdan foydalanamiz. Hatto gaz yoqilgʻisida ishlaydigan muzlatgichlar ham mavjud. Zamonaviy kir yuvish korxonalarida ham bugʻ olish uchun gaz ishlatiladi. 

Qiziq fakt: toza tabiiy gaz rangsiz va hidsiz boʻladi, uning sirqib chiqib ketganini burnimiz payqashi uchun unga oz miqdorda odorantlar qoʻshiladi — bu oʻtkir yoqimsiz hidga ega boʻlgan moddalar (chirigan karam, aynigan tuxum).

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!