To‘lqinlar nega paydo bo‘ladi?

Agarda siz suv havzasi boʻyida vaqt oʻtkazgan boʻlsangiz, ehtimol tinch ob-havo sharoitida suvda deyarli toʻlqinlar boʻlmasligini, shamol va yomgʻirli kunda esa juda koʻp boʻlishini payqagandirgiz.

Suvdagi toʻlqinlarning paydo boʻlishini qanday izohlash mumkin? Toʻgʻri, ularni shamol hosil qiladi. Toʻlqin — bu energiya shakllaridan birining bir joydan ikkinchi joyga koʻchish usulidir. Toʻlqinning paydo boʻlishi uchun qandaydir kuch yoki energiya kerak va shamol bunday energiyani suvga uzatadi.

Toʻlqinlarning ketma-ket, birin-ketin harakatini kuzatganimizda, suv ham oldinga siljiyotganga oʻxshaydi. Agarda suv yuzasida yogʻoch boʻlagi suzib yurgan boʻlsa, u toʻlqinlar bilan oldinga harakatlanmayotganini sezamiz. U faqat toʻlqinlar uzra paydo boʻladi va yoʻqoladi. U faqatgina shamol yoki oqim boʻlsagina harakat qiladi. Xoʻsh, toʻlqinda qanday harakatlar roʻy beradi? Asosan, bu suv zarralarining yuqoriga va pastga harakatlanishidir. Bu harakat qirgʻoq tomon uzatiladi. Misol uchun, agar sizda arqon boʻlsa, uning butun uzunligi boʻylab toʻlqin yaratishingiz mumkin. Toʻlqinsimon harakatlar arqonning butun uzunligi boʻylab oʻtadi, lekin arqonning zarralari oldinga siljimaydi.

Sohil yaqinida toʻlqinning asosi havza tubiga uriladi va ishqalanish tufayli toʻlqin harakati sekinlashadi. Toʻlqin oʻrkachi harakatni davom ettirib qirgʻoqqa uriladi. Sohil yaqinida toʻlqinlar oʻz energiyasini yoʻqotadi. 

Toʻlqinlardagi suv zarralari shamol tomonidan surilib, yuqoriga va oldinga siljiydi. Keyin tortishish kuchi ularni choʻkishga va dastlabki holatiga qaytishga majbur qiladi. Ushbu suv harakatlari toʻlqinlarni harakatga keltiradi. Ikki toʻlqinning oʻrkachlari orasidagi masofa toʻlqin uzunligi deb, uning eng past holati esa taglik deb ataladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!