20.02.2024
Tasavvur qiling-a, shahringizdagi barcha koʻchalar va binolarning koʻrinishini soʻz bilan tushuntirib berish qanchalik qiyin boʻlar edi. Ularning joylashuvini tasvirlash yoki chizish tasvirlab berishdan ancha osonroqdir. Mana xarita nega yaratilgan ekan!
Barchamizga qiziq boʻlgan xaritalarning ilk koʻrinishi 4000 yil avval Misrda qizdirib toblangan loy boʻlagida yaratilgan. Qadimgi davrlarda yer egalari xaritalarda oʻz mulklarining chegaralarini, qirollar esa hukmronlik qilgan hududlarini tasvirlashgan. Ammo odamzod xaritada uzoqdagi narsalarning joylashuvini tasvirlashga harakat qilganida muammolarga duch keladi.
Buning sababi shundaki, Yer shakli yumaloq, shuning uchun uzoq masofalarni aniq oʻlchash juda qiyin. Birinchi xaritashunoslarga astronomlar katta yordam berishgan, chunki ularning tadqiqotlari Yerning kattaligi va shakli bilan bogʻliq edi.
Miloddan avvalgi 276-yilda Yunonistonda tugʻilgan Eratosfen Yerning diametrini aniqladi va bu maʼlumotlar haqiqatga yaqin edi. Uning uslubi birinchi marta shimoldan janubgacha boʻlgan masofani toʻgʻri hisoblash imkonini berdi.
Kolumbning Amerika qitʼasini ochishi va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari xarita, sxemalarga boʻlgan qiziqishni kuchaytirdi. 1570-yilda Avraam Ortelius Antverpenda birinchi xaritalar toʻplamini nashr etdi. Zamonaviy xaritashunoslikning asoschisi esa Geradus Merkator hisoblanadi. Uning xaritalaridagi toʻgʻri chiziqlar globusdagi egri chiziqlarga mos kelgan. Bu xaritada ikkita nuqta oʻrtasida toʻgʻri chiziq tortish, shuningdek kompas bilan yoʻnalishni aniqlashga imkon berdi. Bunday xarita “proeksiya” deb ataladi, u “loyihalashtiradi” yaʼni Yer yuzasini xaritadagi koʻrinishini yaratadi.
Bu kitobning sarlavha sahifasida gigant Atlas (qadimgi yunon mifologiyasida yelkasida osmon gumbazini ushlab turgan qudratli maxluq) tasvirlangan, shuning uchun biz bugungi kunda xaritalar toʻplamini “atlas” deb ataymiz.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.