Nega bizlar bitta tilda so‘zlashmaymiz?
Yangi tillar qanday paydo bo'lgan? Nega bizlar bitta tilda so'zlashmaymiz?
2 min
Tarix

Insoniyat tarixining boshida, ehtimol hamma bir xil tilda gaplashgan boʻlishi mumkin. Ammo vaqt oʻtishi bilan ayrim sabablarga koʻra asosiy til (yoki tillar guruhi) shakllangan.

Dastlab, maʼlum bir tilda oz sonli odamlar soʻzlashgan. Asta-sekin odamlar soni koʻpayishi bilan oziq-ovqat yetishmovchiligi sezila boshlagan. Shuning uchun ular yangi yashash joylarini qidirish uchun birlasha boshlaganlar.

Yangi joylarga kelib, joylashib, ular ota-bobolarining tilida gaplashishgan. Vaqt oʻtishi bilan talaffuz oʻzgargan. Baʼzi narsalarning nomi va soʻzlarning jarangi ham oʻzgara boshlagan.

Yangi joyda ishlatilmay qoʻygan eski va keraksiz soʻzlar muomaladan chiqa boshlagan. Yangi sharoitlar ularni ifodalash uchun yangi soʻzlarni talab qilgan. Gapni tuzish tartibi oʻzgargan. Agar odamlar ulardan oldin allaqachon kimdir yashaydigan joyga koʻchib kelishganda-chi? Ikki til birlashib, ikkala til ham oʻzgargan.

Yangi kelganlarning nutqi kichik oʻzgarishlarga duch kelganida, bu “sheva” deyilgan. Vaqt oʻtishi bilan, soʻzlar, tovushlar, grammatikaning oʻzgarishi bilan yangi tillar paydo boʻlgan..

Taxminan shu tarzda lotin tilidan ingliz, norveg, shved, daniyaliklar tili paydo boʻlgan. Golland tili esa ilk nemis tilidan kelib chiqqan.Boshqa tillarga asos boʻlgan ilk til ushbu hosil boʻlgan tillar bilan birgalikda tillar “oilasini” tashkil qiladi.

Bizning ona tilimiz — oʻzbek tili Turkiy tillari oilasiga kiradi. Demak, uning shakllanishiga turk tili asos boʻlgan ekan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!