Uchar yulduzlar nima?

Koʻp ming yillar davomida odamlar uchar yulduzlarni kuzatib, ular nima ekanliga va qayerdan paydo boʻlganiga hayron boʻlishgan. Bir necha yillar davomida ularni boshqa olamlardan keladi deb hisoblashgan.

Bugun biz ularning umuman “yulduz” emasligini bilamiz. Biz ularni “meteorlar” deb ataymiz. Ular qattiq jismdan iborat boʻlib, koinot boʻylab harakatlanib yuradi, baʼzan Yer atmosferasiga kirishi ham kuzatiladi.

Meteor atmosferamizdan oʻtayotganida, u osmonda yorqin iz qoldirishini kuzatishimiz mumkin. Buning sababi, kislorod bilan ishqalanish natijasida meteor yuzasidan issiqlik ajralib chiqishidadir.

Hayratlanarlisi shundaki, aksariyat meteorlar juda mayda boʻlib, ularning oʻlchami mosh donasidan katta emas. Baʼzi meteorlarning vazni bir necha tonna ham boʻlishi mumkin. Koʻpgina meteorlar atmosferada butunlay yonib ketadi va faqat katta hajmli meteorlargina Yer yuzasiga yetib keladi. Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, kuniga Yerga minglab meteorlar tushadi. Ularning aksariyati dengiz va okeanlarga toʻgʻri keladi, chunki Yerning katta qismi suv bilan qoplangan.

Biz istalgan yoʻnalishda uchayotgan bitta meteorni koʻrishimiz mumkin, lekin odatda biz minglab uchar yulduzlardan iborat meteorlar oqiminigina kuzatamiz. Yer meteorlar oqimini kesib oʻtayotganda, atmosferaning yuqori qismiga tushgan birtalay meteorlar qiziydi va biz “meteor yomgʻiri”ni koʻramiz.

Xoʻsh, meteorlar oʻzi qanday paydo boʻlgan? Zamonaviy astronomlar meteorlarning ushbu oqimini kometalarning qoldiqlari deb hisoblashadi. Kometa parchalanganda, uning millionlab zarralari koinotda meteor oqimi shaklida harakat qilishni davom ettiradi. Ular doira shaklidagi orbitalarda harakat qilishadi. Har 33 yilda Yer bunday meteorlar oqimi orbitasini kesib oʻtadi.

Yer yuziga yetib kelgan meteor “meteorit” deb ataladi. U tortishish kuchi tufayli Yerga tushadi. Miloddan avvalgi 467-yilda qadimgi Rimda meteorit tushiushi ilk marta qayd etilgan. Ushbu voqea shunchalik muhim deb hisoblanganki, hatto qadimgi Rim tarixchilari ham bu haqida oʻz kitoblarida yozib qoldirishgan.

Uchar yulduzlarni koʻrganingizda, doʻstlaringizga ular aslida uchar yulduz emas, meteorlar ekanligini aytishni unutmang.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!