20.02.2024
Oʻzimizni yomon his qilganimizda shifokor yoki onamiz birinchi haroratimizni oʻlchab, uni yuqori yoki meʼyorida ekanini tekshiradi.
Sogʻlom paytda tanamiz harorati oʻrtacha 36,6 °C atrofida boʻladi. Kasallanganimizda harorat koʻtariladi. Biz uni isitma deb ataymiz. Isitma hamma kasallikda boʻlmasa ham, lekin koʻpincha kuzatiladi.
Shifokor yoki hamshira, odatda, haroratni kuniga ikki marta oʻlchab, uning koʻtarilish va pasayishini yaxshiroq kuzatib borish uchun maxsus daftarda belgilab boradi. Ushbu daftarda shifokorga qaysi kasallikka chalinganingizni bilishga yordam beradi, axir har bir kasallikning oʻziga xos “harorat chizigʻi” mavjud.
Afsuski, isitma kasallik bilan kurashishda yordam berishi va bu aʼzolarimizning yanada faol ishlashiga olib kelsa ham, haligacha isitma nima ekanini bilmaymiz. Tanamizda juda koʻp gormonlar¹, fermentlar² va qon hujayralari ishlab chiqariladi. Gormonlar va fermentlar — tengi yoʻq moddalar. Ular tanamiz faoliyatiga taʼsir qiladi. Yangi qon hujayralari zararli mikroblarni yaxshiroq oʻldiradi. Natijada qon aylanishi va nafas olish tezlashadi, tanamizning chiqindilardan xalos boʻlishi yaxshilanadi.
Ammo odam isitmaga uzoq vaqt bardosh bera olmaydi. Isitma 24 soat davom etganida tanamiz toʻqimalarini tashkil etadigan oqsil parchalana boshlaydi. Oqsil hayot uchun juda muhimligi sababli isitma kasallik bilan kurashishning juda “qimmat” usuli hisoblanadi. ?
[1] Gormon — ichki sekretsiya bezlaridan ajralib, qonga qo‘shiladigan modda.
[2] Ferment — tirik hujayrada ishlab chiqariladigan va organizmda modda almashinuvini tartibga solib turadigan organik modda.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.