20.02.2024
Girdoblar haqida oʻylaganimizda, odamlar va kemalarni oʻziga tortib ketadigan, halokat va oʻlim olib keladigan, aylanayotgan ulkan suv oqimi koʻz oʻngimizga keladi. Eng qizigʻi, girdoblar qanchalik xavf tugʻdirsa-da, ular hech narsani tortib ketolmaydi yoki yutib yubora olmaydi.
Keling, girdob nima ekanligini batafsil koʻrib chiqaylik. Ehtimol, ariqlardagi kichik girdoblarni koʻrgandirsiz. Ular qirgʻoq oqim ichiga yorib kirib, oqimga aylanadigan joyda hosil boʻladi.
Kichik joyda aylanayotgan suv girdobning tashqi chetiga qarab harakatlanganligi sababli markazda chuqurcha paydo boʻladi. Bu markazdan qochuvchi kuchning natijasidir. Chelakni aylantirganimizda undagi suvni ushlab turadigan kuch ham aynan shu hisoblanadi.
Kemalar va odamlar uchun xavf tugʻdiradigan katta girdoblarning oʻziga xosligi nimadan iborat? Odatda, bir toʻlqin oldindagisini quvib yetganda, okean oqimlari aylana shaklida harakatlanadi. Bu, ayniqsa, orollar va yer maydonlari orasidagi tor boʻgʻozlarda¹ tez-tez uchraydi.
Agar bunday tor boʻgʻoz yetarli chuqurlikka ega boʻlsa, u orqali suv oqimi oʻtayotganda suvning aylanayotgan massasida kraterlar (atrofi tepalik bilan oʻralgan chuqurlik) hosil boʻlishini kuzatishimiz mumkin. Ammo aytib oʻtganimizdek, bu ochiq okeanlarda sodir boʻlmaydi. Okeandagi girdob bu — suvning katta miqyosdagi tartibsiz harakati, yaʼni suvning aylanishi.
Girdoblar dunyoning turli burchaklarida kuzatiladi. Ulardan eng mashhurlari 3 ta — Malstryom (Norvegiya), Xaribda (Italiya va Sitsiliya) va Niagara sharsharasining (AQSh) quyi oqimidagi girdob hisoblanadi.
Bu shaharlarga aylanib borib qolsangiz, albatta girdoblarni koʻrgani boring, lekin extiyot boʻling, tushib ketmang-a yana.
[1] Boʻgʻoz — ikki tomondan qit’a, orol yoki yarim orollar qirgʻoqlari bilan chegaralangan nisbatan keng suv havzasi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.