Nega fasllar mavjud?

Qadim zamonlardan odamzod fasllarning oʻzgarishiga hayron boʻlgan. Nega yozda issiq, qishda esa sovuq? Nega qishda tunlar uzun?

Biz Yer Quyosh atrofida va shu bilan birga oʻz oʻqi atrofida ham aylanishini bilamiz. Agar Yerning oʻqi (shimoliy qutbdan janubiy qutbgacha boʻlgan xayoliy chiziq) Yerning Quyosh atrofidagi orbitasiga (harakat yo‘li) nisbatan toʻgʻri burchak ostida boʻlganida, bizda fasllar boʻlmasdan, barcha kunlar bir xil boʻlardi.

Ammo Yer oʻqi qiya. Gap shundaki, Yerga turli kuchlar taʼsir qiladi. Birinchidan, bu Quyoshning tortishish kuchi, ikkinchidan, Oyning tortishishi, uchinchidan, Yerning oʻz o‘z o‘qi atrofida aylanishi. Natijada, Yer Quyosh atrofida qiya holatda aylanadi. Bu holat yil davomida saqlanib qoladi, shuning uchun Yerning oʻqi har doim bitta nuqtaga — Shimoliy yulduzga yoʻnalgan.

Bu yilning bir qismida Shimoliy qutb Quyosh tarafga qaragan boʻlishini, ikkinchi qismida esa undan yashiringan boʻlishini anglatadi. Ushbu qiyalik tufayli Quyoshning tik nurlari baʼzan Yer yuzasining ekvatordan shimolini, baʼzan ekvatorni, baʼzan esa ekvatorning janubida joylashgan qismini yoritadi. Tik quyosh nurlarining Yer yuzidagi hududlarga boʻlgan bunday turli xil taʼsiri dunyoning turli mintaqalarida fasllarning oʻzgarishiga olib keladi.

Shimoliy yarimshar Quyoshga qaraganida, ekvatordan shimoldagi mamlakatlarda yoz, janubda esa qish boʻladi. Quyoshning tik nurlari Janubiy yarimsharga tushganda, u yerga yoz keladi, shimolga esa — qish. Yilning eng uzun hamda eng qisqa kunlari astronomik tilda qishki va yozgi quyosh turishi kunlari deb ataladi.Butun dunyoda har yil kun tunga teng boʻlgan ikki kun bor. Bu bahor va kuzda, aynan quyosh turishi kunlari orasida sodir boʻladi. Kuzda bu 23-sentabr atrofida sodir boʻladi — kuzgi tengkunlik, bahorda 21-mart atrofida — bahorgi tengkunlik.

Aynan ushbu bahorgi tengkunlikni bilgan ota-bobolarimiz shu kundan yangi yil boshlanadi deb hisoblashgan va bu kunni Navro‘z bayrami sifatida nishonlab kelishgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!