Nega kuzda barglar turli rangga kiradi?

Yozda barcha daraxtlar bir xil yashil rangda boʻladi. Albatta, yashil rangning turli xil tuslari mavjud, ammo baribir ular bitta choʻtka bilan boʻyalganga oʻxshaydi. Ammo kuzda xuddi shu barglar turli xil tuslarga ega boʻladi. Bu ranglar qayerdan paydo boʻladi?

Bugun sizlar bilan Ona tabiat mo‘jizalaridan yana birining sirini ochamiz.

Barglarning yashil rangi ulardagi xlorofill mavjudligi bilan bogʻliqligini eslaylik. Xlorofill bu — har bir bargda joylashgan asosiy ozuqa ishlab chiqarish qurilmasi. Barglarning ranglar tizimi (pigmentatsiyasi) uchdan ikki qismi ularda xlorofill mavjudligiga bogʻliq. Barglarda boshqa ranglar ham mavjud, ammo ular kam miqdordaligi tufayli deyarli koʻrinmaydi.

Bu qanday ranglar? Masalan, uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan “ksantofil” moddasi sariq rangga ega. Bu butun barg pigmentatsiyasining taxminan 23 foizini tashkil qiladi. Sabziga oʻziga xos tusni beradigan karotin bargda ham mavjud boʻlib, u pigmentning taxminan 10 foizini tashkil qiladi. Shuningdek, barglarda antotsiyanin mavjud boʻlib, u chinor va qizil emanning barglariga yorqin qizil rangni beradi.

Yozda bu pigmentlar sezilmaydi, biz faqat yashil xlorofillni koʻramiz. Sovuq ob-havoning boshlanishi bilan barglarda toʻplangan ozuqa moddalari daraxt novdalari va tanasiga oʻtadi. Qishda ozuqa moddalarining ishlab chiqarilmasligi sababli, xlorofill qurilmalari yopiladi va parchalanadi. Uning yoʻq boʻlishi bilan bargda doimo mavjud boʻlgan boshqa pigmentlar koʻrina boshlaydi. Shunday qilib, biz rang-barang daraxt ranglaridan zavqlanamiz. 

Barg tushishidan oldin har bir bargning tagida yupqa hujayralar qatlami hosil boʻladi. Shamol barglarni uzib olib ketadi. Novdada tushgan bargning joyini koʻrsatadigan chandiq qoladi.

Doimiy yashil daraxtlarning aksariyati sovuq tushishi bilan qoplamini butunlay tashlamaydi. Bu jarayon yil davomida asta-sekin sodir boʻladi, shuning uchun ular doimo yashil boʻlib qolaveradi. Shunday daraxtlardan biri ‘‘qishin, yozin bir xil kiyimdagi” archa hisoblanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!