Birinchi ensiklopediyani kim yozgan?
Birinchi ensiklopediyani kim yozgan? Ensiklopediya so'zini kim ingliz tiliga kiritgan?
2 min
Tarix

Odatda biz kerakli ma’lumotlarni qidirish uchun internet yoki ensiklopediyalarga murojaat qilamiz. Bu shuni anglatadiki, biz u yerda barcha muhim mavzular boʻyicha maʼlumotlar boʻlishini oldindan bilamiz. “Ensiklopediya” soʻzi Yunonistonda paydo boʻlgan va “hayotdagi barcha holatlar uchun koʻrsatmalar” degan maʼnoni anglatadi. Bu soʻz ilk bor 1538-yilda ser Tomas Eliot tomonidan ingliz tiliga kiritilgan va u “barcha maʼlum ilm va fanlarni tushuntirib beradigan kitob” deb talqin qilingan.

Bugungi kunda soʻzlar ensiklopediyalarda alifbo tartibida joylashtirilgan, shu sababli kerakli soʻzni topish juda oson. Ammo qadimgi ensiklopediyalarda mualliflar soʻzlarni oʻzlari istagan tartibda joylashtirishgan. Masalan, oʻrta asr ensiklopediyalaridan birining muallifi kitobni Xudo va farishtalar haqidagi rivoyat bilan boshlab, parfyumeriya (xushboʻylik beruvchi gigiyenik vositalar) va turli hidlar, gullar va 36 turdagi tuxumlarning roʻyxati bilan yakunlagan.

Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi ensiklopediya miloddan avvalgi I asrda rimlik Pliniy tomonidan yozilgan. U “tabiiy tarix” deb nomlangan. Kitobning 37 jildida 20 000 dan ortiq maqola mavjud edi. Pliniy 450 dan ortiq muallifning iqtiboslaridan foydalangan. Ushbu kitob shu qadar qimmatli hisoblanganki, 1536-yilga kelib u 43 marta qayta nashr etilgan.

Uchinchi Xitoy ensiklopediyasi esa eng kattasi hisoblangan. Bu kitobni tuzishni 1721-yilda vafot etgan Xitoy imperatorlaridan biri buyurgan. Unda 5020 ta jild boʻlgan.

Soʻzlar alifbo tartibida joylashtirilgan birinchi ensiklopediyani ingliz ruhoniysi Jon Xarris tuzgan. U 1704-yilda nashr etilgan va “Fan va sanʼatning universal inglizcha lugʻati” deb nomlangan.

Fransiyada 1743-yildan boshlab yana bir ensiklopediya — “Ensiklopedi” nashr etila boshlangan. Maqolalar ustida koʻplab taniqli fan arboblari, jumladan Volter, Russo, Didro ishlagan.

“Britanika ensiklopediyasi yoki sanʼat va fan lugʻati” birinchi marta 1768-yilda Shotlandiyada chop etilgan. 1911-yildan beri u Amerika Qoʻshma Shtatlarida ham bosib chiqarilmoqda. 

Qisqa qilib aytganda, ensiklopediyalar eng qiziqarli va foydali kitoblar hisoblanadi. Ishonavering, saytimizning ensiklopediya boʻlimidan ham juda ko‘p savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!