Kislota nima?
Kislota haqida ma'lumot, Kislota nima?
3 min
Bu nima?

Biror marta ‘‘falonchi kislotadan kuyibdi” degan xabarni eshitganmisiz? Koʻpchilik insonlar hamma kislotalar juda xavfli suyuqlik, u teri va toʻqimalarni kuydiradi, deb o‘ylashadi.

Ammo bu faqat ayrim kislotalargagina tegishli. Oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud boʻlgan kislotalar sogʻligimiz uchun juda muhimdir. Boshqa kislotalar dorilar, boʻyoqlar, kosmetika va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻllanadi.

Kislotalarning koʻp turlari mavjud boʻlsa-da, ularni asosiy ikki sinfga boʻlish mumkin — noorganik va organik kislotalar. Keling, har bir sinfning eng muhim vakillari bilan tanishaylik.

Noorganik kislotalarning ilk vakili — sulfat kislota. U sanoat ishlab chiqarishida keng qoʻllanadi, koʻzlarga zararli taʻsir koʻrsatadi va terining kuyishiga olib keladi. Yana bir kuchli kislotardan biri — xlorid kislotasi — sulfat kislota va osh tuzini birlashtirish orqali olinadi. U turli xil kimyoviy birikmalar ishlab chiqarishda va metall yuzalarni tozalashda ishlatiladi. Inson tanasida ham ovqat hazm qilish uchun oz miqdordagi, kuchsiz xlorid kislota ishlab chiqariladi.

Yana bir kuchli kislotalardan biri — azot kislotasi boʻlib, u ham koʻz va teriga zarar berish xususiyatiga ega. Borat kislotasi esa kuchsiz kislota hisoblanadi. Asosan Italiya davlatida uchraydi. U sopol, sement (sun’iy qurilish moddasi) va kosmetika vositalari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Baʼzida u mikroblarga qarshi kurashish uchun ishlatilishi ham mumkin, ammo u yetarli darajada samarali emas. Koʻmir kislotasi karbonat angidrid gazini suvda eritish orqali hosil qilinadi, maʼlum miqdorda mevali ichimliklarga qoʻshiladi. Mishyak kislotasi dezinfeksiyalash (mikrob va viruslardan tozalash) vositalarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

Organik kislotalar noorganik kislotalar kabi kuchli emas. Sirka kislotasi tabiiy sirka (rus tilida «уксус») tarkibida mavjud boʻlib, uni olma shirasini achitish orqali olish mumkin. Sutda shakar hosil boʻlishi natijasida sut kislotasi paydo boʻladi. U sutni achitadi, lekin shu bilan birga pishloq ishlab chiqarishda ham qoʻllanadi.

Aminokislotalarni isteʼmol qilish sogʻlikni mustahkamlashga yordam beradi, biz ularni ovqatlardan oqsillar koʻrinishida olamiz. Apelsin, limon va greypfrut (sitrus meva) tarkibida askorbin kislotasi mavjud (C vitaminining kimyoviy nomi). Nikotin kislotasi jigar, xonaki parranda goʻshti, mol goʻshtida mavjud boʻlib, u teri kasalliklarining rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.

Koʻrib turganingizdek, kislotalar haqidagi bu murakkab hikoyani uzoq vaqt davom ettirish mumkin. Ulardan baʼzilari odamlar uchun xavfli, ammo sanoatda foydalidir. Boshqalari inson hayotini taʼminlash uchun zarur va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!