Ranglarni qanday ajratamiz?
Ko'z ranglarni qanday ajratadi?
2 min
Inson organizmi

Rangli fotosuratlarni olish — bu jismoniy jarayon. Ammo odamning rangni idrok etishi uning psixikasi bilan bogʻliq. Koʻzlar baʼzi tasviriy maʼlumotlarni oladi (lekin tom maʼnoda “koʻrmaydi”), uni qayta ishlaydigan miyaga uzatadi va shundan keyingina biz narsalarni ajrata olamiz.

Garchi biz ranglarni miyamiz bilan “koʻrsak” va ularni farqlasak ham koʻzlar juda muhim va oʻrnini bosib boʻlmaydigan vazifani bajaradi. Inson ko’zlari yetti xil rangni ajrata oladi: qizil, toʻq sariq, sariq, yashil, moviy rang, koʻk va binafsharang. Koʻz toʻr pardasining baʼzi retseptorlari¹ gʻira-shira yorugʻlik nuridan, boshqalari faqat yorqin nurdan taʼsirlanganligi tufayli biz ranglarni koʻra olamiz.

Koʻz ranglarni qanday ajratadi? Yang-Gelmgolsning rangli koʻrish nazariyasi buni shunday tushuntiradi: koʻz mos ravishda qizil, yashil, koʻk-binafsha ranglardan taʼsirlanadigan uch turdagi asab hujayralariga ega.

Shunday qilib, agar asab hujayralarining uch turi ham bir xil taʼsirlansa, biz oq rangni koʻramiz. Agar koʻzga asosan yashil rang tushsa, spektrning yashil rangi uchun masʼul boʻlgan hujayralar boshqalarga qaraganda koʻproq taʼsirlanadi va biz yashil rangni koʻramiz. Jism sariq boʻlsa, “yashil” va “qizil” hujayralar taʼsirlanadi. 


[1] Retseptorlar — nerv tolalarining uchlari yoki maxsus hujayralar.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!