Shudring nima?
Shudring qanday paydo bo'ladi?
2 min
Bu nima?

Ehtimol, shudringni izohlash oson boʻlgan oddiy tabiat hodisasi deb oʻylashingiz mumkin. Ajablanarlisi shundaki, qadimda insonlar shudringning nima ekanligini uzoq vaqtgacha tushuna olishmagan. Bu borada koʻplab kitoblar ham yozilgan.

Aristotel davridan XVIII asrgacha shudring yomgʻir kabi “yogʻadi” deb hisoblashgan. Ammo u umuman “yogʻmaydi”. Biz oʻsimliklarning barglarida koʻradigan, hammamizga tanish “yaltiroq donachalar” aslida shudring emas! Siz bu tomchilar haqida qanchalik adashganimizni koʻrib turibsiz.

Shudring nima ekanligini tushunishimiz uchun bizni oʻrab turgan havo haqida bir-ikki narsani bilib olishimiz lozim. Havoda maʼlum miqdordagi namlik mavjud. Issiq havo sovuq havoga qaraganda koʻproq namlikka ega. Havo sovuq yuzaga tekkanda uning bir qismi kondensatsiyalanadi (quyuqlashadi) va undagi namlik shu yuzada qoladi. Mana shu — shudring.

Shudring hosil boʻlishi uchun bunday sovuq yuzaning harorati maʼlum qiymatdan past boʻlishi kerak. Ushbu qiymat “shudring nuqtasi” deb ataladi. Misol uchun, agar stakan yoki metal idishga suv quyilsa, bu ularning yuzasida shudring paydo boʻlishini anglatmaydi. Agar u suvga muz qoʻshilsagina shudring hosil boʻladi, lekin shunda ham darhol emas, qachonki idishlarning yuzasi maʼlum bir haroratgacha soviganidan keyin.

Shudring tabiatda qanday hosil boʻladi? Buning uchun sovuq yuza bilan aloqa qilishi kerak boʻlgan iliq, nam havo kerak. Shudring yerda yoki soʻqmoqlarda hosil boʻlmaydi, chunki ular quyosh issiqligini uzoq vaqt davomida saqlab turadi. Shudring sovigan oʻt yoki oʻsimliklarda hosil boʻladi.

Xoʻsh, unda nega oʻsimliklardagi tomchilar shudring emas deb aytdik? Chunki biz ertalab oʻsimliklarda koʻradigan namlikning ozgina qismi shudringdir. Namlikning asosiy qismi (baʼzan esa barchasi) oʻsimlikning oʻzi tomonidan ishlab chiqariladi. Namlik oʻsimliklardan bargdagi teshikchalar orqali chiqadi. Bu barglarni yerdan olinadigan suv bilan taʼminlash maqsadida roʻy beradigan oʻsimliklar irrigatsiyasi (sugʻorish) jarayonining davomidir. Ushbu jarayon barg yuzasini quyosh issiqligidan himoya qilish uchun kunduzi boshlanadi va kechasi ham davom etadi.

Dunyoning baʼzi hududlarida shudring shunchalik koʻp tushadiki, uni idishlarga yigʻib chorva mollariga ichish uchun berishadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!