Birinchi ko‘zoynakni kim yasagan?
Ko'zoynak qachon paydo bo'lgan?
2 min
Tarix

Bugungi kunda koʻplab siyosiy arboblar va boshqa taniqli odamlar koʻzoynak taqishadi. Oʻtmishdagi davlat arboblari koʻzoynak taqqanlarida (albatta, agar ularga bu kerak boʻlganida) tarixiy jarayonlar qanday boʻlishini bilish qiziq boʻlar edi. Ehtimol, imperator va shohlar atrofdagi olamni yaxshiroq koʻrganlarida boshqacha yoʻl tutishlari mumkin edi.

Birinchi koʻzoynakni ixtiro qilgan odamni hech kim bilmaydi. 1266-yilda Rojer Bekon lupa orqali kitobdagi harflarni kattalashtirib koʻrdi. Ammo birinchi boʻlib linzalarni koʻzlari yaqiniga qoʻyib koʻrishni kim oʻylab topgan? 1352-yilgi portretda ikkita romga oʻrnatilgan linzalardan va ikkita banddan iborat boʻlib, bir-biriga bogʻlangan koʻzoynak taqqan kardinal Yugon tasvirlangan.

Demak, kimdir koʻzoynakni 1266–1352-yillar orasida ixtiro qilgan.

Birinchi bosma kitoblar paydo boʻlganda koʻzoynaklar juda kerak boʻldi. Oʻsha paytlarda ustalarning aksariyati shimoliy Italiya va janubiy Germaniyada ishlagan, shuning uchun XVI asrda koʻzoynaklar asosan ushbu hududlarda ishlab chiqarilgan.

1629-yilda ingliz qiroli Charlz I koʻzoynak ishlab chiqaruvchilar gildiyasining nizomini tasdiqladi. 1784-yilda esa Benjamin Franklin qoʻsh fokusli koʻzoynakni ixtiro qildi.

Bugungi kunda koʻzoynaklar odamlarga nafaqat yaxshi oʻqish va koʻrishga yordam beradi, balki boshqa maqsadlarda ham qoʻllanadi. Biz qora koʻzoynaklar koʻzni quyosh va boshqa yorqin nurlardan himoya qilishini bilamiz. Tungi aviatorlar va fotosuratchilar qizil linzalarni taqishadi, changʻichilar, uchuvchilar, qutb tadqiqotchilari va alpinistlar uchun ultrabinafsha va infraqizil nurlarni yutadigan koʻzoynaklar ishlab chiqariladi. Poʻlat eritish ustaxonalaridagi ishchilar infraqizil nurlarini oʻtkazmaydigan koʻzoynak taqishadi. Shisha ishlab chiqaruvchilar ham ularga yaxshiroq koʻrish imkonini beradigan koʻzoynak taqishadi. Baʼzilarimiz koʻzlarimizni kompyuter nurlaridan himoya qilish uchun maxsus koʻzoynaklar taqamiz. Biz maxsus koʻzoynaklardan foydalanish kerak boʻlgan kasblarning cheksiz roʻyxatini tuzishimiz mumkin.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!