20.02.2024
“Masha va Maymoq” multserialining hiqichoq haqidagi qismi esingizdami? Maymoq, boʻrilar, quyon va Masha hiqichoqdan qutulish uchun koʻp suv ichish, shar shishirish yoki nafasni uzoq muddat chiqarmasdan ushlab turish kabi usullarni sinab koʻradi. Qiziq, bizni nega hiqichoq tutadi? Keling, birgalikda shu savolga javob topamiz.
Hiqichoq — tananing tabiiy himoya reaksiyasi boʻlib, quyida uning yuzaga kelishi bilan tanishib chiqamiz.
Reflekslar tanamiz faoliyatida katta ahamiyatga ega. Refleks — tanamizning bir qismining muayyan taʼsirlarga javoban avtomatik tarzdagi reaksiyasi boʻlib, u har doim bir xil shaklda ifodalanadi. Asab tizimida muayyan aloqalar oʻrnatiladi va ular bizning nazoratimizsiz turli xil harakatlar, yaʼni reflekslarni keltirib chiqaradi.
Koʻpgina reflekslar oziq-ovqat va boshqa begona jismlarning nafas yoʻllariga tushishi natijasida paydo boʻladi. Aytaylik, ovqat “notoʻgʻri joyga” ketib qolsa nima boʻladi? Biz boʻgʻilib, yoʻtalishni boshlaymiz va shu bilan begona zarralarni chiqarib tashlashga harakat qilamiz. Aynan shu refleks harakatidir.
Qayt qilish — juda kuchli refleks. Hiqichoqni esa uning kuchsiz shakli desak boʻladi. Ovqat hazm qilish tizimining issiq ovqatdan taʼsirlanishi hiqichoqning sababi boʻlishi mumkin. Yoki qorin boʻshligʻidagi gazning koʻkrak qafasini qorin boʻshligʻidan ajratib turadigan diafragmaga (koʻkrak qafasini qorin boʻshligʻidan ajratib turadigan parda) boʻlgan bosimi ham asosiy sabablardan biri sifatida keltiriladi. U oʻpkani siqib, undagi havoni kengaytiradi. Gaz bosimi tufayli havo oʻtolmaydi va u toʻxtaganda biz “zarba”ni his qilamiz. Shunday qilib, hiqichoq bu — oʻpkaga havo kirishi va chiqishini taʼminlaydigan diafragmaga oshqozondan ovqat yoki gazni chiqarib tashlashga harakat qiladigan refleks harakatining taʼsiri. Biz buni zarba kabi his qilamiz va “hiqichoq tutdi” deymiz.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.