Tirnoqlar nimadan tuzilgan?

Agar har safar tirnoqlaringizni olayotganda ogʻriqni his qilganingizda, ehtimol siz buni qayta qilmaslikka harakat qilardingiz. Qanchadan-qancha odam esa uzun tirnoqlarga ega boʻlar edi.

Ammo tirnoqlarning oʻsgan qismini tishlasak, sindirsak yoki kessak, biz ogʻriq sezmaymiz, chunki ular oʻlik hujayralardan iborat. Tirnoqlar teridan oʻsib chiqadigan oʻzgacha narsa hisoblanadi. Ularning aksar qismi keratindan iborat. Bu oqsilning shoxga oʻxshash qattiq va oʻlik shaklidagi moddadir. Tirnoq asosi va yon tomonlari bilan teriga mahkam yopishadi, uning ostida oddiy teri joylashgan, faqat farqi — unda tirnoqqa mahkam bogʻlangan maxsus elastik tolalar mavjud.

Uning oʻzi juda qalin, ammo teri ostidagi ildiz qismi juda nozik. Ildiz oq yarim oy shaklida boʻlib, bir oz tashqariga chiqib turadi. Tirnoq yiliga oʻrtacha 5 santimetrgacha oʻsadi.

Koʻpchilik odamlar uchun tirnoqlar turli xil muammolarni keltirib chiqaradi. Koʻpgina kasalliklarning sabablaridan biri bu — ularning shikastlanishi. Tirnoq kuyishi yoki sovuq olishi uning boshqa oʻsmasligiga olib kelishi mumkin. Tirnoqning haddan tashqari qattiqligi yoki aksincha moʻrtligi infeksiya, ovqat hazm qilish tizimining buzilishi, qon aylanishining yomonligi yoki bezlar faoliyatining buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.

Keyingi safar tirnoqlaringizni olayotganda ushbu maʼlumotlarni yodingizda tuting.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!