Namlik nima?
Namlik haqida, Namlik haqida ma'lumot, Namlik qayerdan paydo bo'ladi?
2 min
Bu nima?

Agar stolga muzdek suv solingan stakanni qoʻysangiz nima boʻladi? Stakanning sirtida namlik toʻplanadi. U qayerdan paydo boʻladi? Havodan.

Gap shundaki, namlik havoda har doim suv bugʻlari shaklida mavjud. Muzdek suvli grafin misolida bu bugʻlar grafinning sovuq yuzasida kondensatsiyalanib¹, koʻzga tashlanadi. Havoda esa suv bugʻlari koʻrinmaydi. “Namlik” atamasi havoda suv bugʻining mavjudligini anglatadi. Ular hamma joyda, hatto ulkan choʻllarda ham boʻladi.

Ko’rinadiki, namlik har doim mavjud, ammo uning miqdori har xil boʻladi. Namlikni ifodalashning koʻplab usuli mavjud va buning uchun ikkita atama bor — “mutlaq namlik” va “nisbiy namlik”. Keling, ular nimani anglatishini koʻrib chiqaylik.

“Mutlaq namlik” — bu havo hajmining birligiga toʻgʻri keladigan suv bugʻlari soni, yaʼni bu havo kubometridagi maʼlum miqdordagi zarralar soni. Ammo amalda bu bizga hech narsani bildirmaydi. Agar biz maʼlum sharoitlarda oʻzimizni qanday his qilishimizni bilmoqchi boʻlsak, “kubometrdagi toʻrt birlik” tushunchasi havoning quruq yoki nam ekanligi haqida bizga hech qanday maʼlumot bermaydi. Tanamizdan qanchalik koʻp namlik havoga oʻtsa, biz oʻzimizni shunchalik yaxshi his qilasiz. Havo bugʻlanishining intensivligi (tez roʻy berishi) haroratga bogʻliq, mutlaq namlik esa havoning bu xususiyati haqida hech narsani bildirmaydi.

“Nisbiy namlik” foizlarda ifodalanadi. 100% nisbiy namlik havoning toʻliq toʻyinganligi yoki maʼlum bir havo hajmining suv bugʻlari bilan toʻliq toʻlganini anglatadi. Harorat qancha yuqori boʻlsa, havo ham shuncha koʻp suv bugʻiga ega boʻladi. Shunday qilib, issiq kunda nisbiy namlikning 90% boʻlishi havoda juda koʻp namlik borligini anglatadi va bunday kunda siz oʻzingizni yomonroq his qilasiz.


[1] Kondensatsiyalanish — bugʻ yoki gazsimon moddaning sovish yoki siqilish natijasida suyuq holga aylanishi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!