Neft nima?
Neft qanday paydo bo'lgan? Neft nima?
2 min
Bu nima?

Neft insoniyatga juda katta foyda keltiradi. Uning yordami bilan biz yorugʻlik va issiqlik olamiz, neftdan olinadigan benzin, solyarka avtomobil, traktor, samolyot va kemalarni harakatga keltiradi. Ushbu moddasiz barcha dvigatellar toʻxtaydi.

Neftdan texnik spirt, parafin, yoqilgʻi, yogʻlash moylari, texnik yogʻ, qatronlar, asfalt va boshqa mahsulotlar olinadi. 

Neft nima? Bu soʻz lotin tilidan kelib chiqqan va “toshqotgan moy” degan maʼnoni anglatadi.

 U qanday paydo boʻlgan? Olimlarning fikriga koʻra, u koʻp yillar oldin yer yuzini qoplagan okeanlarning iliq suvlarida yashagan oʻsimliklar va hayvonlardan hosil boʻlgan.

Oʻlgan hayvon va oʻsimliklar okean tubida toʻplangan. Vaqt oʻtishi bilan ular millionlab tonna qum va loy bilan qoplangan. Bosim ostida ular qattiq tosh jinslariga aylangan. Oʻsimlik va hayvonlarning qoldiqlari quyuq suyuqlikka aylanib, bu toshlarning gʻovaklarida (teshikchalar) toʻplangan. Yer qobigʻining harakatlanishi dengiz tubining bir qismini quruqlikka aylantirgan. Ushbu suyuqlikning bir qismi yer yuzida paydo boʻlgan va odamzod uni topgan.

Neft odamlar tomonidan ming yillardan beri ishlatiladi. Qadimgi davrlarda xitoyliklar va misrliklar uni dori sifatida qoʻllashgan. Eramizdan ancha oldin qadimgi Hindistonda neft yoritish uchun va yoqilgʻi sifatida ham ishlatilgan.

Qadimda neft mashʼalalar uchun foydalanilgan, gʻisht ishlab chiqarishda ham shu moddani qoʻshilgan, suv oʻtkazmasligi uchun savat va kemalarning tagi u bilan qoplangan. Amerikalik hindular ham neftdan turli maqsadlarda foydalanganlar. Amerikaga kelgan ilk oq tanli koʻchmanchilar hindulardan baʼzi kasalliklarni davolashda “toshqotgan moy”dan foydalanish usullarini oʻzlashtirishga muvaffaq boʻlganlar.

Yerning tagidan olinadigan neft deyarli hech qayerda ishlatilmaydi. Uni qayta ishlash talab etiladi. Ushbu jarayon neft tarkibida qattiq, suyuq va gazsimon moddalar mavjudli uchun amalga oshiriladi (yuqoridagi rasmda neft qazib olish platformasi tasvirlangan).

Neft qizdirilganda tabiat tomonidan birlashtirilgan tarkibiy qismlari parchalana boshlaydi. Bu jarayon neftning har bir tarkibiy qismi qaynab, har xil haroratda bugʻlanishi tufayli sodir boʻladi. Dastlab benzin, keyin esa parafin, gaz, yogʻlar va moylash materiallari ajralib chiqadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!