20.02.2024
Har bir mamlakat, dunyoning istalgan burchagida faqat oʻsha yerda isteʼmol qilinadigan taom bor. Ammo odamlar qayerda yashashidan qatʼiy nazar, ular isteʼmol qiladigan bitta mahsulot mavjud. Bu — non.
Bu inson oʻzining dastlabki yillaridayoq oʻz taomnomasida donning ahamiyatini tushungani bois sodir boʻldi. Dastlab ibtidoiy odam kerakli energiyani olish uchun donlarni chaynagan. Keyinchalik misrliklar miloddan avvalgi 3000-yilda ikkita tosh yordamida donni maydalab unga aylantirishgan.
Ular xamir qorish uchun unga suv qoʻshib, kulcha yasashgan, yerda qazilgan va devorlari loy bilan qoplangan oʻralar shaklidagi oʻchoqda pishirishgan. Baʼzan ular loydan yasalgan idishlarning ichida olov yoqib, kulchalarni uning tashqi tarafida pishirishgan. Bunday non juda dagʻal va ogʻir boʻlgan, ularda nonni koʻpchitib, yengil va yumshoq qiladigan xamirturush moddalari hali boʻlmagan.
Hatto qadimgi davrlarda ham yahudiylar achitqi uchun achigan xamirdan foydalanganlar, ammo faqat misrliklargina achigan xamirda xamirturush borligini tushunishgan. Ular birinchi boʻlib xamirturush olishni va boʻrsildoq non pishirishni oʻrgandilar. Bunday nonning namunalari Misrdagi dastlabki qabrlarda topilgan.
Yahudiylar nonlarini yupqa plastinkalar shaklida pishirganlar va ularni pichoq bilan kesmay, qoʻllari bilan sindirishgan. Ming yillar davomida yahudiylar Pasxa bayramini “matsa” deb ataladigan, un va suvdan qorilgan xamirdan vafli shaklida pishirilgan nonni isteʼmol qilish bilan nishonlaydilar. Xristianlar diniy marosimlarida foydalanadigan kulchalar “matsa”ga oʻxshaydi, ammo hajmi kichikroq boʻladi.
Sayyoramizning koʻplab burchaklarida non har xil yoʻllar bilan tayyorlanadi va buning uchun loviya, kartoshka, turli oʻtlar, guruch va noʻxat ishlatiladi. Uzoq Sharq mamlakatlarida unga eman va qora qayin mevalari qoʻshiladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.