20.02.2024
Bu savolga javob juda oddiy: hamma joyda. Qoʻgʻirchoq — insonning ilk hamrohlaridan biri. Uni ibtidoiy jamiayatlarda ham, sivilizatsiyalashgan xalqlarda ham topish mumkin. Maʼlumki, qoʻgʻirchoqlar Misr, Gretsiya va Rimning qadimgi davlatlarida ham boʻlgan.
Birinchi qoʻgʻirchoqlar kattalar tomonidan emas, balki bolalar tomonidan ixtiro qilingan, ular toshlar va tayoqlar kabi tabiiy narsalardan yasalgan boʻlishi ehtimoli mavjud. Ammo koʻpchilik uchun qoʻgʻirchoqlar shunchaki oʻyinchoq boʻlmagan..
Misol uchun, amerikalik hindular orasida bolalar qoʻgʻirchogʻi tangri va butning timsoli boʻlgan. U yogʻochdan yasalgan va bolalar diniy tarbiyasining bir qismi sanalgan.
Masalan, Yaponiyada sodda bolalar qoʻgʻirchogʻi yoʻnilgan tol novdasidan yasalgan va unga qogʻozdan kiyim kiydirilgan. Shuningdek, “hamma baloga toʻgʻanoq boʻladigan” deb nomlangan qoʻgʻirchoqlar ham boʻlgan. Uni “ovqatlantirishgan”, kiyintirishgan, qoʻgʻirchoqqa xuddi tirikdek munosabatda boʻlishgan va iblisni bolalaridan qaytarish uchun onalarga berishgan. Lekin yapon qizlarida bunday “sehrli” qoʻgʻirchoqlardan tashqari oʻyin uchun oddiy qoʻgʻirchoqlar ham boʻlgan.
Islom dini insonni tasvirlashni taʼqiqlaydi. Ammo shunga qaramay, koʻpincha turmushga chiqayotgan qizlarga chiroyli kiyintirilgan qoʻgʻirchoqlar beriladi, chunki islom mamlakatlarida kelin koʻpincha juda yosh boʻladi. Onalar odatda yosh qizlariga qoʻgʻirchoq berishni istamaydilar, chunki ular qoʻgʻirchoqdagi shaytonning ruhi bolaga zarar yetkazishi mumkinligidan qoʻrqishadi.
Qoʻgʻirchoqlar Afrikada keng tarqalgan, ammo baʼzida ular oʻyinchoq sifatida emas, balki maʼlum turdagi marosimlardagina ishlatiladi. Shuningdek, Yevropada ham qadimda qoʻgʻirchoqlar koʻpincha diniy marosimlar, avliyolarning timsoli va baʼzilari Rojdestvo bayrami bilan bogʻliq boʻlgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.