Amerikani Kolumb kashf qilganmi?
Amerikani Kolumbdan avval kim kashf qilgan? Kolumb haqida ma'lumot
2 min
Tarix

“Kashf qilgan” jumlasiga alohida ahamiyat beraylik. Biz boshqa sivilizatsiya vakillari ularga nomaʼlum boʻlgan mintaqaga tashrif buyurishgan deb hisoblaymiz. Maʼlumki, Xristofor Kolumb aslida “kashf etgan” joyida allaqachon hayot mavjudligi va qandaydir aholi yashayotganini aniqlaydi. Nega bu aholi ushbu joyni “kashf etgan” deya olmaymiz?

Gʻarb sivilizatsiyasi nuqtai nazaridan biz Amerikani Kolumb kashf etgan deb aytamiz. Bu Yangi Dunyo kashf etilganidan soʻng mintaqa Eski Dunyo vakillari tomonidan oʻzlashtirila boshlangani uchun shunday. Ammo Kolumb tugʻilishidan 500 yil oldin qadimgi skandinavlar ham “kashfiyot” qilishgan. Gʻarbga suzib, avval Islandiyani, keyin Grenlandiyani va nihoyat Amerika qitʼasini kashf etishgan.

Xitoyliklar Amerikaning hozirgi Kaliforniya deb nomlanuvchi qismini kashf etgan xitoylik dengizchilarning ilk sayohatlari haqida xabar berishganini bilasizmi? Janubiy dengiz orollari aholisi hali ham oʻz qoʻshiqlarida oq tanli odam u yerlarga yetib kelishidan ancha oldin Janubiy Amerikaga suzib kelgan oʻtmishdagi buyuk odamlarni eslashadi.

Maʼlum boʻlishicha, ming yillar oldin kashfiyotlar davri boʻlgan. Shubhasiz, bu Kolumbdan ancha oldin sodir boʻlgan. Balki Amerikani Kolumb ham, undan avval skandinavlar ham kashf etmagandirlar. Axir oq tanli odamlar paydo boʻlishidan ancha oldin bu yerlarda allaqachon hindular yashagan.

Ehtimol, aynan ular yangi yerlarni ochish safariga chiqqan deb aytish kerakdir. Garchi biz bu sayohat qachon yoki qanday qilinganini bilmasakda, ular osiyolik boʻlgan deb taxmin qilinadi. Balki ular Amerikaga bir necha yuz yil ichida turli yoʻllar orqali yetib kelishgandir. Shuningdek, oʻzlarining qidiruvchilarini dengiz va quruqlik yoʻllarini topish uchun oldinga joʻnatishgan boʻlishlari ham mumkin. Bu qidiruvchilar kashfiyotchi va sayohatchilar boʻlgan va Amerikani aynan ular kashf etishgan degan ehtimol ham yoʻq emas.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!