Qorbobo derazalarga naqsh chizadimi?

Qish sovuq keladigan hududlarda yashovchi bolalar derazalardagi qirovni¹ kuzatishni yoqtiradilar. Baʼzi tasvirlar daraxt va barglardagi murakkab naqshlarga oʻxshash, juda chiroyli boʻladi.

Daraxt va oʻtlarda boʻlganidek derazalarda ham qirovning hosil boʻlishi uchun maʼlum shartlar talab qilinadi. Bilamizki, qirov suvning muzlagan kichik kristallaridan hosil boʻladi. Nam havo muzlash nuqtasiga yetganda qirov paydo boʻla boshlaydi. Muzlash nuqtasi Farengeyt boʻyicha 32° va dengiz sathida 0 °C ni tashkil etadi.

Havo sovuganida undagi namlik kamayadi. Ortiqcha suv deraza oynasi kabi jismlarda kondensatsiyalanadi².

Harorat 0 °C dan pastga tushganda suv kristallanadi. Boshqacha qilib aytganda, suv yuzasini muz kristallari qoplaydi.

Nega sovuqda deraza oynasida naqshlar paydo boʻladi? Bir tomondan, kristallar oʻz tuzilishiga ega va naqshlar yaratadi. Bundan tashqari, shisha yuzasidagi tirnalishlar, chang zarralari, havo oqimlari ham Qorboboga derazalarda chiroyli naqshlar yaratishga yordam beradi.

Koʻpincha “bulduruq” deb ataladigan oq qirov ikki xil: donador va kristall holatda boʻladi. Donador qirov bu — shunchaki muzlagan tuman. Yuqorida aytilganidek, kristall holatdagi qirov suv bugʻlaridan hosil boʻladi. Ushbu jarayonda u gazdan suyuq holatga oʻzgarib, qattiq holatga oʻtishi sodir boʻladi.

Ayoz qishloq xoʻjaligi uchun juda xavflidir, chunki u daraxtlardagi kurtaklarni yoki yetilayotgan mevalarni nobud qilishi mumkin. Aslida sovuq emas, oʻsimlik sharbatlarining muzlashi zararli hisoblanadi. Dehqonlar oʻz ekinlarini sovuqdan himoya qilishning koʻplab usullarini oʻylab topishgan. Ulardan biri: oʻsimliklar haroratini ushlab turish uchun ularning ustini yengil mato bilan qoplashdir. Bogʻlarda tutun pardasini yaratish esa daraxtlarni zich tutun qatlami bilan qoplab, oʻsimliklarning issiqligini saqlashga imkon beradi.

Esingizda boʻlsin! Siz Qorboboning naqshlaridan zavqlanayotganingizda, millionlab tonna hosil xavf ostida boʻlishi mumkin. ?


[1] Qirov — ayozli, havo ochiq, sokin (shamolsiz) tunlarda tuproq, oʻt va yerdagi narsalar ustida hosil boʻladigan muz kristallari.
[2] Kondensatsiyalanish — bugʻ yoki gazsimon moddaning sovish yoki siqilish natijasida suyuq holga aylanishi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!