Bo‘ron nima?
Hamma dahshatli hodisalar bo'ron deyiladimi?
2 min
Bu nima?

Inson dahshatli kuchlarni boʻysundira oladigan dunyodagi yagona mavjudot boʻlsada, boʻronni koʻrganida uni ham vahima bosadi! Boʻron aslida nima?

Tabiatda sodir boʻladigan hamma dahshatli hodisalar boʻron deyiladi. Dengizda boʻron kuchli shamol yoki poʻrtana shaklida boʻlishi mumkin. Kuchli yomgʻir, momaqaldiroq va shiddatli shamollar quruqlikdagi boʻrondir.

Boʻron juda xavfli tabiiy ofatlardan biri boʻlib, ayniqsa, AQShda yuzlab kilometr maydonlarni qamrab olishi mumkin. Past bosimli maydonlar atrofida aylanma havo oqimlari hosil boʻladi.

Boʻron qanday paydo boʻladi? U janubga harakatlanayotgan Arktika havosining sovuq massalari tropiklardan shimolga yoʻl olgan iliq va nam havo bilan toʻqnashganda paydo boʻladi. Qayerdadir iliq havoning katta oqimlari sovuq havo ichiga kirib boradi. Ushbu oqimning yuqori qismida past bosimli hudud hosil boʻladi, shamollar oʻsha tarafga yoʻnaladi va atrofida boʻron hosil boʻladi.

Iliq va sovuq havo bir-biri bilan toʻqnashganda, birikish hosil qiladi. Yengilroq boʻlgan iliq havo sovuq havo ustiga koʻtarilgandan keyin soviydi va quyuqlashadi. Bulutlar paydo boʻladi va natijada yomgʻir yoki qor yogʻadi.

Shimoliy yarimsharda Yerning aylanishi sababli havo harakati oʻng tomonga siljiydi, shuning uchun girdoblarda havo oqimlari soat yoʻnalishi boʻyicha harakatlanadi. Bu juda katta oʻlchamdagi quyunga oʻxshaydi.

Ekvatordan shimolda yoz oxiri yoki kuzda iliq tropik suvlar ustida toʻfon va dovullar tez-tez uchraydi. Ular gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda harakatlanib, asta-sekin oʻng tomonga siljiydi. Tornado juda kuchli girdobdir. Ushbu hodisadan oldin, odatda, osmonda oʻrama shaklida yoki yomgʻirli bulutlar paydo boʻladi. Bunday oʻramaning diametri atigi yuz metr atrofida boʻladi, ammo u yoʻlida chiqqan hamma narsani vayron qiladi. Shamolning ulkan kuchi va juda past bosimi halokatli kuchga ega boʻladi. Uylarning devorlari qulab tushadi, binolar vayron boʻladi. Tornado aholi turar-joylari va binolarga katta zarar yetkazadi. Ushbu tabiiy ofat tez-tez kuzatiladigan joylarda odamlar yashirinishi uchun maxsus boshpanalar quriladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!