Yorug‘lik nima?
Yorug'lik nima? Yorug'lik oq rangda bo'ladimi?
2 min
Bu nima?

24 soat faqat qorongʻulikda yashashni tasavvur qilolasizmi? Yorugʻlik boʻlmaganda biz shunday yashar edik, yaʼni atrofdagi olamni koʻra olmas edik. Shunday boʻlsada, yorugʻlik nima ekanini haligacha aniq bilmaymiz.

Yorugʻlik — energiya shakllaridan biri. Uning tezligini oʻlchash mumkin. Qiziq tomoni, oq alohida rang emas, balki barcha ranglarning birikmasi. Ilmiy tilda bu spektr deyiladi.

Shuningdek, rang obyektning aynan oʻzi emas, balki undan taralayotgan yorugʻlik nurlari hisoblanadi. Yashil qogʻoz koʻzimiz sezadigan ranglar orasidan yashildan tashqari barcha ranglarni yutgani uchun bizga yashil boʻlib koʻrinadi. Moviy shisha faqat koʻk rangni oʻtkazib, qolgan barcha ranglarni yutib yuboradi.

Quyosh nuri bu — energiya. Linza orqali fokusga toʻplangan quyosh nurlarining issiqligi olovga aylanadi. Yorugʻlik va issiqlik oq yuzalardan aks qaytaradi va qora yuzada yutiladi. Shuning uchun oq kiyimlar qora kiyimlarga qaraganda salqinroq boʻladi.

Yorugʻlikning tabiati qanday? Yorugʻlikni jiddiy oʻrganishga harakat qilgan birinchi odam — Isaak Nyuton edi. Uning fikriga koʻra, yorugʻlik molekulalardan iborat boʻlib, ular yorugʻlik manbaidan oʻq kabi otiladi. Ammo yorugʻlikning baʼzi xususiyatlarini ushbu nazariya bilan izohlab boʻlmaydi.

Boshqa bir olim Gyuygens yorugʻlik tabiati haqida boshqa bir tushunchani ilgari suradi. U yorugʻlikning “toʻlqinli” nazariyasini ishlab chiqdi. U hovuzga tashlangan tosh toʻlqinlarni hosil qilganidek yorugʻlik ham impuls yoki toʻlqinlarni keltirib chiqaradi, degan gʻoyani taklif qiladi.

Taxminan 150 yil davomida olimlar yorugʻlik toʻlqinlarmi yoki molekulalarmi deb bahslashishdi. Aksariyat olimlar toʻlqinli nazariyani qabul qildilar. Ammo keyinchalik bu nazariyani shubha ostiga qoʻygan yangi kashfiyotlar paydo boʻldi.

Bugungi kunda olimlar yorugʻlikning kelib chiqishi toʻgʻrisida qanday qarashlarga ega? Hozirgi vaqtda yorugʻlik toʻlqinlari bir vaqtning oʻzida zarralar va toʻlqinlarning oʻziga xos xususiyatlariga ega deb hisoblanadi. Ikkala nazariyani ham tasdiqlovchi tajribalar oʻtkazilmoqda. “Yorugʻlik nima?” degan savolga esa haligacha aniq javob yoʻq.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!