20.02.2024
Hayot uchun dunyodagi eng muhim narsa nima ekanini bilasizmi? Bu — energiya. Isbot sifatida oddiygina elektr energiyasini keltirishimiz mumkin.
Albert Eynshteyn materiya va energiya oʻrtasidagi bogʻliqlik nazariyasini ilgari surdi. Boshqacha qilib aytganda, u materiya energiyaga aylanishi mumkinligini isbotladi. Bu atrofimizdagi dunyo haqidagi tasavvurimizni oʻzgartirdi. Materiya ikkilamchi boʻlib chiqdi, dunyodagi eng muhim omil esa energiya ekani maʼlum boʻldi.
Energiya oʻzi nima? Energiya — maʼlum bir ishni bajarish qobiliyati. Bu — kuchlarning mavjud boʻlishiga imkon beradigan kuch tushunchasi ortida turgan narsa. Atamani tushunish uchun misol tariqasida mashinani olaylik.
Motorni harakatga keltirish uchun kuch ishlatish kerak. Uni biron bir narsadan olish kerak. Kerakli narsa — energiya. Energiya qayerdan olinadi? Benzindan, uning silindrlarda yonishi paytida olinadi. Ushbu energiya harakatni mashina mexanizmlariga yetkazadigan maʼlum kuchlarni harakatga keltiradi. Natijada — motor ishlaydi va bu energiya tufayli amalga oshiriladi.
Energiyaning ikki turi mavjud — potensial va kinetik. Keling, avval potensial energiyani koʻrib chiqamiz. Benzinda elektr kuchlari molekulalarni bir-biriga tortib turadi. Energiya ushbu molekulalarda saqlanadi bu — potentsial energiya. Benzin yonganida aynan shunday energiya ajralib chiqadi.
Birinchi turdagi energiyaga yana bir misol — biror joyga osib qoʻyilgan yuk. Energiya ushbu yukda saqlanadi, yuk tusha boshlaganda esa biz uni biroz boʻshatib qoʻyishimiz mumkin. Shuningdek, sharshara chetidagi yoki toʻgʻon tepasidagi suv ham potensial energiyaga ega.
Endi yukni qoʻyib yuboramiz yoki sharsharadan tushayotgan suvni kuzatamiz. Ular maʼlum bir tezlikda tushib, harakatni amalga oshiradilar va bu “kinetik energiya” deb ataladi. Ushbu energiya maʼlum bir tezlikda harakatlanayotgan jismdan olinadi. Tushayotgan jism potensial energiyasini yoʻqotib, kinetik energiyaga ega boʻladi. Ikki turdagi energiyaning qiymati oʻzaro teng. Aslida koinotdagi umumiy energiyaning miqdori doimo oʻzgarmas boʻladi. Biz energiyani yoʻq qilib yoki qayta yarata olmaymiz. Energiya ishlab chiqarishda biz suv, koʻmir, atom energiyasidan foydalanamiz, yaʼni energiyaning bir turini boshqasiga aylantiramiz.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.